Ramazonning 28-kuni: Mol-dunyo va boylik odoblari
18-mart, çorşanba (28-kun)
Iftorlik vaqti: 18:37 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]
MOL-DUNYO VA BOYLIK ODOBLARI
Boylik insonning öz ehtiyojidan va oilasi ehtiyojidan ortiq pul, maskan, ulov, asbob-anjom va turli neʼmatlarga ega bölişidir. U kambağallikning ziddidir.
«Mol» sözi arabça «mola – yamiylu» feʼlining özagi bölib, qiymatga ega va köngil mayli tortadigan narsani anglatadi. Köngil mayli tortadigan qimmatli narsalarning hammasi – pul, tilla, kumuş, köçmas va köçar mulk va boşqalar mol deyilaveradi. Bu narsalar köngil tortişi, iştaha qilişi deyiladi. Iştaha esa şahvat maʼnosini anglatadi. Şuning uçun Qurʼoni karimda bunday narsalarning barçasi «şahvatlar» deb atalgan.
Mol-dunyoni faqat yomonlayveriş notöğri. Faqat mol-dunyo harom-harişdan topilgan bölsa yoki u nopok, haromxör odamning qöliga tuşib qolgan bölsa, mazammat qilinadi, yomonlanadi, xolos. Çunki bunday odam molni yomonlikka sarflaydi, isrof qiladi. Biroq şariatga muvofiq topilgan va şunday sarflangan mol haqida heç qanday yomon xayolga bormaslik kerak.
Mol jamlaş odoblariga rioya qiliş.
Islom insondagi molga bölgan muhabbatni jilovlaydi va uni bu borada töğri yölga yöllaydi. Bu bilan mol-dunyo yaxşilikka işlatiladigan va oxiratda manfaat beradigan omilga aylanadi.
Mol Alloh taolonikidir.
Islom taʼlimoti böyiça mol aslida Alloh taoloning molidir, uni qölida tutib turgan odamniki emas. Agar dunyoda biror kimsa mulkka egalik qilayotgan bölsa, haqiqiy mulk egasi (Molik) Alloh taolo unga Özi iroda qilgan hikmat böyiça vaqtinçalik, arzimagan mulkni berib qöygan böladi. Binobarin, Alloh xohlagan paytida undan mulkni tortib olişi mumkin. Mulkni vaqtinçalik qarzga olgan odam haqiqiy Molikning şartiga muvofiq tasarruf qilsa, baxt-saodatga erişadi. Agar haqiqiy Molikning şartiga xilof iş tutsa, moldan ajrab qolişi ustiga gunohga ham botadi.
Islom xususiy mulkçilikka keng yöl oçib beradi, kişilardagi mol-mulk topiş rağbatini qöllab-quvvatlaydi. Ammo mol-mulk doimo halol-pok yöl bilan topilişini taʼkidlaydi, nazorat qiladi, tekşiradi. Şuningdek, topilgan mol-mulkni halol-pok yölda sarflaş zarurligini ham qattiq tayinlaydi. Mol-mulk egasini tuğyondan, takabburlikdan va yer yuzida buzğunçilik qilişdan qaytaradi.
Alloh taoloning roziligi uçun mol neʼmatiga şukr keltiriş şartdir.
Inson öziga köproq yaxşilik yetişini istar ekan, jumladan, mol neʼmatiga rağbat qilar ekan, berilgan har bir neʼmatga, jumladan, mol neʼmatiga ham şukr keltirişi lozim böladi. Qurʼoni karim neʼmatga sazovor bölgan bandalarni Alloh taologa şukr qilişga çorlaydi.
Şukr – neʼmat beruvçi Zotga til bilan maqtov sözlarni aytiş, dil bilan öşa maqtovni tasdiqlaş va bu neʼmatni Alloh roziligi yölida sarflaşdan iboratdir.
Mulkdor böliş oğir masʼuliyatdir.
Töplangan mol-mulkning hisob-kitobi öta qattiq, şiddatli böladi. Alloh taolo mol-dunyoga ega qilgan insonlar harom yöllar bilan qölga kiritilgan mulk va boylikning qattiq azobi, halol topilganining esa hisobi borligini aslo unutmasliklari lozim. Zotan, mol-dunyo bir vaqtning özida ham neʼmat, ham masʼuliyat, ham rohat, ham azobdir.
Boylik, soğlik va çiroy har bir odam bolasiga sinov uçun, yaʼni bu narsalarning şukrini qiladimi yoki yöqmi, deb sinaş maqsadida berilgan bölişi mumkin. Banda bu kabi neʼmatlarni öziga berilgan omonat deb bilişi va ularga Alloh taoloning dinida körsatilganidek, şukr keltirişi va tasarruf qilişi lozim. Aks holda mazkur narsalardan mahrum bölişi yoki öşa narsalar uning boşiga balo keltirişi mumkin.
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.
👉 @xushnudbek 👈


