Ramazon

19-mart, payşanba (oxirgi kun)

Matn19-mart, 2026, 17:422 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

19-mart, payşanba (oxirgi kun)
Iftorlik vaqti: 18:38 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]

#ramazon

IKKALA HAYITDA HAM BARAVAR QILINADIGAN IŞLAR

1. Iydga bir yöl bilan borib, boşqa yöl bilan qaytiş mustahabdir.

Payğambar sollallohu alayhi vasallam şunday qilar edilar.

2. Misvok qiliş.

Har bir namoz uçun misvok qiliş marğub bölganidek, Fitr va Qurbon bayrami namozlaridan oldin ham misvok qiliş marğubdir.

3. Ğusl qiliş.

Payğambar sollallohu alayhi vasallam şunday qilar edilar.

4. Xuşböylik surtiş.

Kişilar köp töplanadigan joylarga xuşböy narsa surtib boriş mandub bölgani uçun iyd kuni ham xuşböylik surtiladi.

5. Eng yaxşi kiyimlarni kiyiş.

Payğambar sollallohu alayhi vasallamning juma va iyd uçun alohida yaxşi kiyim kiyişlari maʼlum va maşhur.

6. Ikki iyd keçalarini ibodat ila ötkaziş.

Bunda keçaning hammasini yoki oxirgi uçdan birini zikr, namoz, Qurʼon tilovati, takbir, tasbeh, istiğfor bilan ötkaziladi. Ikki iyd keçasidagi duo mustajobdir. Şuning uçun ertaga iyd, degan keçada köp duo qilişga harakat qiliş zarur.

7. Muqtadiy kişilar iyd namoziga ertaroq, piyoda, viqor bilan, takbir aytgan hollarida boradilar.

Namozga qança köp intizor bölinsa, savobi şunça köp böladi.

8. Ahli ayolga kengçilik va serobçilikka şaroit yaratiş.

Bayram arafasida va bayram kunlari nafl sadaqalarni imkoniga qarab odatdagidan köproq qiliş kerak.

9. Köringan har bir musulmonga xursandçilik va şodlik izhor qiliş, ularni bayram bilan tabriklaş. Yaqin kişilarni, yoru döst va ahboblarni ziyorat qiliş.

10. Beva-beçora, yetim-yesir va kambağallardan xabar oliş.

Bayram kunlari xuddi şu toifadagi insonlar holidan xabar oliş, ularning qalbiga surur kiritiş juda ham muhimdir. Zotan, röza bayramida fitr sadaqasi, Qurbon bayramida qurbonlik qiliş joriy etilişidan közlangan maqsad ham şuning özidir. Mazkur bayram kunlari barça musulmonlar şodu xurram bölişlari kerak.

11. Qarindoşlarga silai rahm qilişni kuçaytiriş.

Silai rahm (qarindoşlik riştalarini boğlaş) masalasi maʼlum va maşhur. Uning haqidagi oyati karimalar va hadisi şariflardan köpçilik xabardor. Şu bilan birga, bu masalaning ahamiyati bayram kunlari yana ham ortişini esdan çiqarmaslik zarur.

12. Ijtimoiy aloqalarni mustahkamlaş va arazlaşib yurganlarni yaraştirib qöyişni amalga oşiriş.

Musulmon kişilarning uç kundan ortiq bir-birlari bilan arazlaşib yurişlari mumkin emas. Bayram kunlari arazlaşib yuriş esa gunohning yana ham kattalaşişiga sabab böladi. Şuning uçun ham bunday uluğ kunlarda odamlar barça gina va arazlarni yiğiştirişlari, bir-birlari bilan yaraşib, avval ötgan xatolarni keçirib yuborişlari lozim.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 1 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek