Ramazon

Saharlik vaqti: 04:53

Matn29-mart, 2023, 04:021 daqiqa0 koʻrish

29-mart, çorşanba.
Saharlik vaqti: 04:53
Iftorlik vaqti: 18:46 (Toşkent vaqti)

#hadis #ramazon

Hişom ibn Urva otasidan rivoyat qiladi:

«Oişa roziyallohu anhodan:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam uylarida nima qilar edilar?” deb söradim.
“Kavuşlarini yamar edilar. Bir erkak öz uyida nima qilsa, şuni qilardilar”, dedi».

📖 Şarh: Ha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam özlarini ummatlaridan yuqori qöymas edilar. Har bir erkak kişi uyda nima iş qilsa, şuni qilganlar.

Masalan, kavuşlari yirtilsa, öz qöllari bilan yamardilar. Bu ham u zot sollallohu alayhi vasallamning uluğvorliklarini, oliymaqomliklarini körsatadi. Çunki barça imkoni böla turib, şunday işlarni qiladigan odamni topiş qiyin.

Köplab sahobalar u zot sollallohu alayhi vasallamning birgina qaraş, birgina işoralariga intizor bölib turişgan. U zotning yumuşlarini bajarişga, hojatlarini çiqarişga, hatto u zot uçun jonini fido qilişga tayyor turişgan.

Şunday holatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kavuşlarini özlari yamab yurişlari uluğ bir axloqning namunasi hisoblanadi.

"Odoblar xazinasi" kitobidan

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek