Raqobat qömitasi bevosita Prezident va Senatga böysunadigan böldi
Raqobat qömitasi bevosita Prezident va Senatga böysunadigan böldi
Bu Prezidentning tegişli Farmoni (06.07.2023 yil, PF-108-son) bilan belgilab qöyildi.
Şuningdek, Farmonga köra:
➖ Raqobatni rivojlantiriş va isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tarmoq infratuzilmasi bilan boğliq va tabiiy monopoliya, jumladan elektr energiyasi, tabiiy gaz, temir yöllar, fuqaro aviasiyasi, aeroport xizmatlari, avtomobil yöllari va telekommunikasiya sohalarida mustaqil bozor regulyatorlari institutini bosqiçma-bosqiç joriy qiladi;
➖ 2023-yil 1-oktyabrdan eksklyuziv huquqlar berilgan xöjalik yurituvçi subʼyektlarning röyxati joriy etiladi va uşbu reyestrni yuritiş hamda xöjalik yurituvçi subʼyektlar tomonidan kamsitmaslik şartlariga rioya etilişi ustidan nazorat Raqobat qömitasiga yuklatiladi;
➖ 2025-yil 1-yanvarga qadar Raqobat qömitasining tabiiy monopoliya subʼyektlarining tariflarini tartibga soliş va nazorat qiliş funksiyalari bosqiçma-bosqiç mustaqil bozor regulyatorlariga ötkaziladi.
👉 @xushnudbek 👈


