Rossiyaning ayrim hududlarida öqiyotgan talabalarga öqişini köçirişga istisno tarzda ruxsat berildi
❗️Rossiyaning ayrim hududlarida öqiyotgan talabalarga öqişini köçirişga istisno tarzda ruxsat berildi
Davlat qabul komissiyasining 7-son bayoni bilan Rossiya Federatsiyasining (Ukraina bilan çegaradoş) Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov, Krasnodar (keyinçalik Qrim va Sevostopol qöşildi) hududlaridagi OTMlarida tahsil olayotgan Özbekiston fuqarolarining öqişini Özbekistondagi davlat OTMlariga istisno tariqasida köçirişga ruxsat berildi.
✅ Unga köra:
📍 talabalarning doimiy yaşaş manzili hududida joylaşgan OTMning mos va turdoş (mos va turdoş bölmagan taqdirda mazmunan yaqin bölgan) taʼlim yönalişiga köçiriş mumkin. Masalan, Xorazmda doimiy röyxatda turadigan talaba Toşkentga öqişini köçira olmaydi;
👨🏻💻 arizalar 2022-yil 1-noyabrdan 20-noyabrga qadar (şu kuni ham) my.dtm.uz sayti (“Rossiya Federatsiyasidan öqişni köçiriş” bölimi) orqali qabul qilinadi;
❗️Keyinçalik muddat 30-noyabrga qadar uzaytirildi.
☑️ talabalarning haqiqatda muayyan OTMda tahsil olganligini tekşiriş 2022-yil 25-noyabrdan 15-dekabrga qadar Taşqi işlar vazirligi tomonidan amalga oşiriladi;
📌 talabalarning öqişini köçirişga ruxsat beriş böyiça qaror respublika OTMlarining idoraviy böysunuvidan qatʼi nazar Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan qabul qilinadi;
❌ fuqarolarning Rossiyadagi muayyan OTMda haqiqatda öqiyotganligi aniqlanmasa ularning öqişi köçirilmaydi;
❇️ öqişi köçirilgan talabalarning öqişini mos kursdan davom ettirişiga istisno tariqasida ruxsat beriladi. Yaʼni fanlardan farqi köpligi uçun pastki kursga köçirilmaydi. Bunda aniqlangan fanlar farqi 2022-2023-öquv yili davomida bepul topşiriladi.
👉 @xushnudbek 👈


