Ruxsatnomalar böyiça ayrim tuşuntirişlar
Ruxsatnomalar böyiça ayrim tuşuntirişlar
#abituriyent
1️⃣ Barça fandan milliy sertifikati bor va masalan, oldindan 189 ballni naqd qilib qöygan abituriyentlar uçun ruxsatnomalar çiqmaydi. Çunki ular testga kirmaydi, testga kirmagandan keyin ruxsatnoma ham şartmas;
2️⃣ Lekin SAT sertifikatidan 1200 balldan yuqori olgan abituriyentlar uçun ruxsatnoma çiqqan. Şu köpçilikni öylantirmoqda.
Bu xatolik emas. Bundan maqsad — uşbu toifa abituriyentlarga yana bitta imkoniyat beriş.
1-imkoniyatda abituriyent SAT sertifikati bali asosida töğridan töğri tanlovda iştirok etişi mumkin.
2-imkoniyatda esa abituriyent test sinovida iştirok etib, test sinovida töplagan bali bilan umumiy tartibda yoki SAT sertifikati bali bilan töğridan töğri tanlovda iştirok etişi mumkin.
SAT sertifikatiga ega abituriyentlar uçun ikkala imkoniyat ham teng kuçli bölib, tanlov abituriyent ixtiyoriga qoldirilgan.
Yaʼni kim xohlasa testga kirsin va 2 ta imkoniyatga ega bölsin. Kim xohlamasa testga kirmasin va faqat SAT imtiyoziga umid qilsin.
Tavsiyam: SAT bali kamroq bölgan abituriyentlar testga kirgani yaxşiroq.
BU MUHIM: testga kirsayu, pastroq ball olsa, bu muammoli emas. SAT imtiyozi kuyib ketmaydi.
Çunki SAT sertifikatining mavjudligi abituriyent uçun test sinovida iştirok etişni taqiqlamaydi va bunday iştirokni majburiy ham qilmaydi.
👉 @xushnudbek 👈



