Muhim

Akademik litseylarga kiriş test sinovlari ötkaziladigan sanalar belgilandi

Matn23-iyul, 2026, 18:091 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Akademik litseylarga kiriş test sinovlari ötkaziladigan sanalar belgilandi
#abituriyent

2026/2027-öquv yilida “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari, Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litsey, “Yoş çegaraçilar” harbiy-akademik litseyi, IIVning akademik litseylari hamda davlat oliy taʼlim muassasalari huzuridagi akademik litseylarga öqişga kiriş test sinovlari 24–25-iyul kunlari (2 kun) bölib ötadi.

Test sinovlari 2 smenada taşkil etiladi:

➖ 1-smena soat 09:00,
➖ 2-smena soat 15:00 da boşlanadi.

Abituriyentlar belgilangan hududga kamida 1,5 soat oldin yetib kelişi kerak. “Abituriyent ruxsatnomasi” my.edu.uz sayti orqali berilmoqda. Uni yuklab olib, çop etiş söraldi.

Testda faqat ruxsatnomada körsatilgan manzil, sana va smenada iştirok etiş mumkin. Şuningdek, abituriyentlar şaxsni tasdiqlovçi hujjat (ID-karta, tuğilganlik töğrisidagi guvohnoma) va ruxsatnoma bilan kelişi şart.

‼️Hujjat nusxasi bilan kelgan yoki keçikkan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek