Muhim

Ruxsatsiz Haj ibodatini ado etişga uringan şaxslar katta miqdorda jarimaga tortiladi

Matn30-aprel, 2025, 11:421 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Ruxsatsiz Haj ibodatini ado etişga uringan şaxslar katta miqdorda jarimaga tortiladi va 10 yilgaça Saudiya Arabistoniga kiritilmaydi

Saudiya Arabistoni Içki işlar vazirligi ruxsatsiz Haj ziyoratiga borgan kişilar va ularga yordam beruvçilarga nisbatan jazo çoralari joriy etilganini maʼlum qildi. Unga köra, uşbu tartib zulqaʼda oyining 1-kunidan zulhijja oyining 14-kuniga qadar (1-maydan 13-iyungaça) amal qiladi.

Jazolar quyidagiça:

1️⃣ Birinçidan, ruxsatnomasiz Haj ibodatini ado etişga urinayotgan şaxslar, şuningdek, belgilangan muddat davomida Makka şahri va muqaddas qadamjolarga kirişga yoki u yerda qolişga harakat qilgan Haj vizasi yöq şaxslar 20 ming Saudiya riyaligaça (5 ming 330 dollar) jarimaga tortiladi;

2️⃣ Ikkinçidan, ruxsatnomasiz Haj ibodatini ado etişga uringan şaxslar uçun taşrif vizasi olişga yordam bergan, şuningdek, ularni mamlakat içida olib yurgan, boşpana bergan yoki yaşirinişga kömaklaşgan şaxslarga 100 ming riyalgaça (26,7 ming dollar) jarima solinadi. Bunda yordam körsatilgan har bir şaxs uçun jarima miqdori alohida hisoblanadi;

3️⃣ Uçinçidan, ruxsatsiz Haj ibodatini ado etişga uringan şaxslar öz mamlakatlariga deportatsiya qilinadi va 10 yil davomida Saudiya Arabistoniga kirişi taqiqlanadi;

4️⃣ Törtinçidan, Haj vizasi yöq şaxslarni Makka şahri va muqaddas qadamjolarga taşiş uçun foydalanilgan quruqlikdagi transport vositalari sud qarori bilan musodara qilinişi mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek