Muhim

Haj safariga turistik firmalar orqali borişda ehtiyot böling

Matn1-may, 2023, 17:421 daqiqa0 koʻrish

❗️Haj safariga turistik firmalar orqali borişda ehtiyot böling

Şu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda haj ibodatini taşkil etiş töğrisida reklama va eʼlonlar köpaymoqda.

Din işlari böyiça qömitaning maʼlum qilişiça, amaldagi qonunçilikka köra, muqaddas ibodatlarni uyuştiriş bevosita Qömita va Özbekiston musulmonlari idorasi zimmasiga yuklangan va yurtdoşlarimizni Hajga kuzatiş, kutib oliş işlarini taşkil etiş, şu jumladan ziyoratçilarning Saudiya Arabistoniga borişi, u yerda bölişi va u yerdan qaytib kelişlari uşbu taşkilotlar tomonidan amalga oşiriladi.

🔷 Saudiya Arabistoni qonunçiligiga köra ham, haj safari dunyo davlatlarining vakolatli taşkilotlari bilan Saudiya Haj va umra vazirligi örtasida tuzilgan şartnoma asosida amalga oşiriladi. Mazkur kelişuvlar asosida taşkil etilmagan haj ziyoratiga uriniş uşbu uluğ amalning eng muhim ruknlari bölmiş – Mino, Arafot va Muzdalifa vodiylarida ibodat qiliş imkoniyatini bermaydi.

🔴Muborak safarlarga noqonuniy yöllar bilan borişga intiliş Saudiya Arabistonidan deport qiliş va Saudiya Arabistoniga har qanday viza bilan 10 yil muddatga kirişni taqiqlaş hamda 100 ming saudiya riyoli (26 ming AQŞ dollari) miqdorida jarima solişga olib keladi.

“Şu bois, haj tadbirini taşkil etiş vazifasi sayyohlik firmasi yoki turagentliklar vakolatiga kirmaydi”, - deyiladi Qömita xabarida.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek