Samarqanddagi bir neçta oliygohlar qayta taşkil etiladi
❗️Samarqanddagi bir neçta oliygohlar qayta taşkil etiladi
Bu haqda ÖzA xabar bermoqda. Prezidentning tegişli qarori (PQ-209, 26.05.2026-yil) asosida:
➖ Samarqand davlat arxitektura-quriliş universiteti negizida Samarqand davlat texnika universiteti taşkil etiladi;
➖ Samarqand davlat universitetiga Toşkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali qöşib olinadi;
➖ Samarqand davlat pedagogika institutiga Samarqand davlat universiteti Urgut filiali qöşib olinadi hamda mazkur filial bazasida Samarqand davlat pedagogika institutining Urgut fakulteti faoliyati yölga qöyiladi;
➖ Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali qöşib olinadi.
❓ Talabalar öqişini qayerda davom ettiradi?
Prezident qarori bilan quyidagilar belgilandi:
🔹Samarqand davlat arxitektura-quriliş universitetining talabalari öqişini Samarqand davlat texnika universitetida;
🔹 Toşkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali hamda Samarqand davlat universiteti Urgut filiali Biznesni boşqariş va tabiiy fanlar fakultetining talabalari öqişini Samarqand davlat universitetida;
🔹 Samarqand davlat universiteti Urgut filialining Pedagogika va tillarni öqitiş fakulteti talabalari öqişini Samarqand davlat pedagogika institutining Urgut fakultetida;
🔹 Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialining talabalari öqişini Samarqand iqtisodiyot va servis institutida davom ettiradi hamda belgilangan tartibda öqiş yakuni böyiça ularga mazkur oliy taʼlim taşkilotlarining diplomi beriladi.
🔸Samarqand davlat universiteti Urgut filiali Biznesni boşqariş va tabiiy fanlar fakultetining 2025/2026 öquv yilida tahsil olayotgan talabalariga öqişni tugatguniga qadar Samarqand davlat pedagogika institutining Urgut fakulteti binosida taʼlim oliş imkoniyati yaratiladi.
👉 @xushnudbek 👈
