Sanae Takaiçi Yaponiya tarixidagi ilk ayol boş vazirga aylandi
🇯🇵 Sanae Takaiçi Yaponiya tarixidagi ilk ayol boş vazirga aylandi
Yaponiya parlamentida bölib ötgan boş vazir saylovida hukmron Liberal-demokratik partiya hamda u bilan koalitsiya tuzgan Yaponiya innovatsion partiyasi nomzodi 64 yoşli Sanae Takaiçi ğalaba qozondi.
Maʼlumot uçun, Takaiçi – aşaddiy konservator, iqtisodiyotda esa ustozi, marhum boş vazir Sindzo Abening “Abenomika”sini davom ettiradi. U öz nutqlarida 🇬🇧Buyuk Britaniyaning ilk ayol boş vaziri Margaret Tetçerga havas qilişini hamda özi ham “temir xonim” bölişni istaşini taʼkidlagan.
Taşqi siyosatda esa u mamlakatning harbiy salohiyatini kengaytiriş, mudofaa xarajatlarini oşiriş va immigratsiya nazoratini kuçaytiriş uçun konstitutsiyani qayta körib çiqişni qöllab-quvvatlamoqçi, 🇨🇳Xitoy va 🇰🇵Şimoliy Koreyaga nisbatan qatʼiy pozitsiyani egallamoqçi.
👉 @xushnudbek 👈
- 3 Telegram Stars


