Saralaş bahslarida oxirgi 3 ta turda Özbekiston neça oçko olgan?
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzÖzbekiston milliy terma jamoasi JÇ-2026 saralaşi doirasida mehmonda Eronga qarşi maydonga tuşadi. Öyin Toşkent vaqti bilan 21:00 da boşlanadi.❓Saralaş bahslarida oxirgi 3 ta turda Özbekiston neça oçko olgan?
Jahon çempionatiga töğridan-töğri çiqiş yölida oldimizda yana eng muhim 3 ta öyin qoldi. Bizga 2 oçko ham yetadi (BAA va Qatar bilan durang öynaş).
Ammo Özbekiston terma jamoasi şu paytgaça oxirgi öyinlarda kerakli natijalarni qayd eta olmagan. Doim nimadir xalaqit bergan. Bu safar mana şu tavqi laʼnatdan qutulişimiz uçun yaxşi imkoniyat bor, Xudo xohlasa.
Keling, avvalgi saralaş bahslarining oxirgi 3 ta öyinida neça oçko olganimizni körib çiqamiz. Çözilib ketmasligi uçun, sönggi 5 ta saralaşni oldik.
🌍JÇ-2006
Guruhda 2 ta örin töğridan töğri çiqadi, biz 3-örinni olganmiz.
Oxirgi 3 ta öyindagi natija: 4 oçko
Neça oçko olsak, çiqardik: 9 oçko
🇰🇷J.Koreya (1:1, uy), 🇸🇦S.Arabistoni (0:3, safar), 🇰🇼Kuvayt (3:2, uy).
Uşbu saralaş bahsida S.Arabistoni va J.Koreyadan ança orqada qolganmiz. Guruhda 3-örinni olib, ötiş öyiniga çiqqanmiz. Lekin 🇧🇭Bahrayn bilan uyimizda 1:1, mehmonda 0:0 öynab, mehmondagi gol evaziga qolib ketganmiz. Eng qiziği, Bahraynni dastlab “Paxtakor” stadionida 1:0 yutgan edik. Ammo penalti bilan boğliq mojaro tufayli, özimiz OFKga şikoyat yozganmiz va öyin töliq bekor qilinib, qayta ötkazilgan.
🌍JÇ-2010
Guruhda 2 ta örin töğridan töğri çiqadi, biz 5-örinni olganmiz.
Oxirgi 3 ta öyindagi natija: 0 oçko
Neça oçko olsak, çiqardik: 9 oçko
🇦🇺Avstraliya (0:2, safar), 🇯🇵Yaponiya (0:1, uy), 🇧🇭Bahrayn (0:1, safar).
4 oçko bilan guruhda eng oxirgi örinni olganmiz. Ötiş öyiniga çiqiş uçun Bahraynni yutişimiz kerak bölgan, lekin oxirgi öyinda yutqazganmiz.
🌍JÇ-2014
Guruhda 2 ta örin töğridan töğri çiqadi, biz 3-örinni olganmiz.
Oxirgi 3 ta öyindagi natija: 6 oçko
Neça oçko olsak, çiqardik: 7 oçko (yoki töplar nisbatini 2 ta golga yaxşilaşimiz kerak edi)
🇱🇧Livan (1:0, uy), 🇰🇷J.Koreya (0:1, safar), 🇶🇦Qatar (5:1, uy).
Menimça, mundialga eng yaqin kelgan paytimiz şu bölgan. Janubiy Koreya bilan bir xil oçko töplaganmiz, töplar nisbatiga köra, çiqa olmaganmiz. Yoki oxirgi öyinda J.Koreya öz uyida Erondan yutqazmaganda, heç bölmasa durang öynaganda ham çiqardik. Rosmana omadimiz kelmagan öşanda. 3-örin bilan ötiş öyiniga çiqqanmiz. Lekin 🇯🇴Iordaniya bilan ikkita öyinda ham 1:1 öynab, "Paxtakor" stadionida penaltilar seriyasida mağlub bölganmiz.
🌍JÇ-2018
Guruhda 2 ta örin töğridan töğri çiqadi, biz 4-örinni olganmiz.
Oxirgi 3 ta öyindagi natija: 1 oçko
Neça oçko olsak, çiqardik: 3 oçko
🇮🇷Eron (0:2, safar), 🇨🇳Xitoy (0:1, safar), 🇰🇷J.Koreya (0:0, uy).
Uşbu saralaş bosqiçida ham mundialga juda yaqin kelganmiz. Ammo kutilmaganda oxirgi turdan bitta oldin Xitoyga yutqazib qöyganmiz. Odil Ahmedovning jahl bilan bergan intervyusini yaxşi eslasangiz kerak. Oxirgi öyinda esa öz uyimizda Janubiy Koreyani yutsak, Jahon çempionatiga çiqardik. Barçasi öz qölimizda edi. Ammo durang öynaganmiz. Naryoqda Eron özi uyida Suriyani yuta olmagan (yoki atay yutmagan), natijada biz ötiş öyiniga ham çiqolmay qolib ketganmiz. Bu safar ham töplar nisbati pand bergan. Anzur Ismoilovning "vaaay, yomon böptiku" degan maşhur intervyusini ham esladingiz, menimça.
🌍JÇ-2022
Töğridan-töğri çiqiş imkoniyatimiz bölmagan. Hal qiluvçi raundga ham çiqa olmay, ikkinçi bosqiçdayoq qolib ketdik. Ikkinçi bosqiçning oxirgi hayot-mamot bahsida keyingi bosqiçga çiqiş uçun 🇸🇦Saudiya Arabistonini mağlub etişimiz kerak edi, lekin safarda 3-0 yutqazganmiz.
Xulosa
Körib turganingizdek, biz saralaş bahslarining özaro hal qiluvçi öyinlarida doim omadsiz iştirok etganmiz, baʼzi hollarda esa töplar nisbati xalaqit bergan. Hozirgi bosqiçda esa ikkala xavf ham bizni kutib turibdi. Ham oxirgi 3 ta öyinda eng asosiy raqiblarimiz bilan özaro öynaymiz (Eron, BAA, Qatar), ham töplar nisbati böyiça BAAdan orqadamiz.
Işqilib, oxiri baxayr bölsin. Hamma omadsizligimizni işlatib qöygan bölaylik.
Balki bugunoq masalani hal qilib qöyarmiz, Xudo xohlasa.
👉 @xushnudbek 👈

