Sardoba suv omborini loyihalaştiriş va qurilişiga masʼul bölgan şaxslarga sud hukmi öqildi
Sardoba suv omborini loyihalaştiriş va qurilişiga masʼul bölgan şaxslarga sud hukmi öqildi
Toşkent şahar sudida 29 nafar sudlanuvçiga oid jinoyat işi yopiq sud majlisida körib çiqilgan.
Şu yil 12-sentabrdagi hukm bilan sudlanuvçilar Jinoyat kodeksining turli moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.
Eʼlon qilingan sud hukmiga köra sudlanuvçilarning
➖ 1 nafariga 10 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş;
➖ 1 nafariga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş va bazaviy hisoblaş miqdorining 550 baravari (165 mln söm) miqdorida jarima;
➖ 1 nafariga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş va bazaviy hisoblaş miqdorining 600 baravari (180 mln söm) miqdorida jarima jazolari;
➖ 1 nafariga bazaviy hisoblaş miqdorining 600 baravari (180 mln söm) miqdorida jarima;
➖ 2 nafariga 4 yil muddatga ozodlikni çeklaş va bazaviy hisoblaş miqdorining 550 baravari (165 mln söm) miqdorida jarima;
➖ 23 nafariga bazaviy hisoblaş miqdorining 400 dan 550 gaça baravari miqdorida jarima jazolari tayinlandi.
Şuningdek, sudlanuvçilar qöşimça jazo sifatida 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan boğliq lavozimlarda işlaş (1 nafari tadbirkorlik bilan şuğullaniş) huquqidan mahrum qilindi.
Eslatib ötamiz, 2021-yilning may oyida Oliy sudda “Sardoba” suv omboridagi halokat böyiça aybdor deb topilgan yana 17 kişiga ham sud hukmi öqilgan edi.
👉 @xushnudbek 👈



