Tushuntirish

SAT imtihonidan 1200 dan oşiq ball olib, davlat grantiga kiradiganlarga 4 yillik grant ajratiladimi?

Video6-iyun, 2026, 22:506 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❓SAT imtihonidan 1200 dan oşiq ball olib, davlat grantiga kiradigan abituriyentlarga 4 yillik grant ajratiladimi yoki 1 yillik?

✅ JAVOB: bu ham ijtimoiy-rağbatlantiruvçi grant hisoblanadi va 4 yillik grant beriladi. SAT imtihonidan 1200 dan oşiq ball olib kirganlar grantlarni qayta taqsimlaş tizimida qatnaşmaydi.

❓Agar SAT imtihonidan 1200 dan oşiq ball olgan 1 ming nafar abituriyent bitta yönalişni, masalan, Diplomatiyaning Xalqaro iqtisodiy munosabatlarini tanlasa, unda nima böladi?

✅ JAVOB: Xudo biladi. Hozirça bunga heç qanaqa huquqiy yeçim yöq. Uşbu imtiyoz tartibi mukammal işlab çiqilmagan. Ayni bu borada katta noaniqlik bor va buni qabul jarayonlari tugagungaça hal qiliş kerak. Yöqsa, mandatdan keyin katta janjal böladi.

#abituriyent

💬 MENING QÖŞIMÇA FIKRLARIM:

SAT sertifikatiga oid imtiyozning hozirgi tizimi takomillaştirişga muhtoj.

1️⃣ Birinçidan, 75% natija (1200) uçun 4 yillik qöşimça davlat granti beriş notöğri. Darajani kötariş kerak. Masalan, 85% dan oşirsa — grant, 75% dan oşirsa — kontrakt.

2️⃣ Ikkinçidan, hozir faqat matematika + çet tili bölsagina imtiyoz qöllanadi. Lekin matematika + fizika bölsa, yoki çet tili + tarix bölsa, imtiyoz yöq. Bu ham adolatdan emas.

Agar faqat bitta fan bölsa, unda öşa fandan maksimal ball beriş kerak. Masalan, SATning matematika qismidan 75% dan oşiq ball olgan bölsa, unda matematika fanidan maksimal ball oladi. Xuddi çet tilidan B2 daraja uçun maksimal ball olgandek. Mana şuni qöşiş kerak.

👉 @xushnudbek 👈

  • 14 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek