Sport

Vikinglar kelyapti

Albom6-iyun, 2026, 21:072 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

🇳🇴Vikinglar kelyapti

Norvegiya terma jamoasi futbol böyiça Jahon çempionatlari tarixidagi eng zör jamoaviy fotoni eʼlon qildi, menimça.

Körib turgan suratlaringiz fotoşop yoki sunʼiy intellekt emas. Barçasi jonli olingan. Norvegiyalik futbolçilar vikinglar qiyofasida grim qilingan, maxsus kiyimlar kiygan. Hattoki orqa fondagi qayiqlar ham haqiqiy.

Bu — şunçaki şedevr!

Fotosurat muallifi Devid Yarrou. U öz sahifasida surat tarixi haqida şunday dedi:

“Norvegiya Futbol Assotsiatsiyasi bilan hamkorlik qiliş va mamlakat uçun qadrli suratni yaratiş men uçun katta şaraf. Rejalaştiriş bir neça oy davom etdi. Avvalo, uşbu ğoyani qöllab-quvvatlagani uçun norvegiyalik murabbiy Stole Solbakkenga hamda “Arsenal”dagi tiğiz taqvimidan söng uşbu loyihaga vaqt ajratgani uçun jamoa sardori Martin Edegorga minnatdorlik bildirmoqçiman.

Norvegiyaning milliy javohiri Erling Holandni viking jangçisiga öxşatib tasvirlaş faoliyatimdagi eng oson vazifalardan biri böldi.

Valhalla!”

👉 @xushnudbek 👈

  • 7 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek