Sayxunobod tumani hokimining örinbosari pora bilan uşlangani xabar qilindi
Sayxunobod tumani hokimining örinbosari pora bilan uşlangani xabar qilindi
➖ Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari tadbirkorga qöşni Sardoba tumani hududidan 6 gektar yer maydoni olib beriş evaziga 20 ming dollar hamda viloyat Örmon xöjaligi boşqarmasi tasarrufida bölgan 50 sotix yer maydonini yengil konstruksiya körinişida quriliş qilişi uçun ijara şartnomasi rasmiylaştirib beriş evaziga 5 ming dollar talab qilgan. U jami 25 ming dollar olgan vaqtida qölga olingan;
➖ Toşkent viloyatining Qibray tumanida joylaşgan fermer xöjalik rahbari xöjalikning 3,37 gektar hamda özboşimçalik bilan egallab olingan qöşimça yer maydonini – jami 7 gektar yerni sirdaryolik xaridorga 2 mln dollarga sotişga kelişib, oldindan 200 ming dollar olgan vaqtida uşlangan;
➖ Toşkent viloyatining Yangiyöl tumanida yaşovçi muqaddam sudlangan şaxs öğlini nomida bölgan masʼuliyati çeklangan jamiyatga issiqxona quriş uçun berilgan 2 gektar yer maydonini hokimiyat tizimidagi mansabdor tanişlari orqali, 50 ta kottej qurmoqçi bölgan xaridor nomiga ötkazib beriş evaziga 500 ming dollar, şuningdek, turmuş örtoğining nomidagi masʼuliyati çeklangan jamiyatga qaraşli bino va uning 486 m2 yer maydonini sotiş va u yerda 12 qavatli uy qurişi uçun masʼul idoralardan ruxsat olib beriş evaziga 440 ming dollar — jami 940 ming dollar talab qiladi. U söralgan puldan 400 ming dollarini olgan vaqtida qölga tuşgan;
➖ Toşkent viloyatining Yangiyöl şahrida yaşovçi şaxs bir fuqaroga “Xalq banki”ning viloyat filiali balansidagi “E-Auksion” portali orqali savdoga çiqarilgan – Quyiçirçiq tumanidagi 13,05 gektar yer maydonini yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali olib beriş evaziga 260 ming dollar talab qilgan. Oldindan 130 ming dollar olgan vaqtida uşlangan;
➖ Farğona viloyatining Quva tumanidagi fermer xöjalik rahbari paxtaçilik va ğallaçilikda foydalaniş uçun berilgan yer maydonining 5,5 gektar qismini xaridorga 150 ming dollarga sotişga kelişib, kelgusida yer maydonini uning nomiga rasmiylaştirib beriş evaziga 40 ming dollar talab qiladi. U söralgan jami puldan 120 ming dollarini olgan vaqtida uşlangan.
Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan jinoyat işlari qözğatilgan.
👉 @xushnudbek 👈


