Senat nikohlanuvçilar 1 oy kutmasdan nikohdan ötişi mumkinligi haqidagi qonunni rad etdi
Senat yaqinda nikohlanuvçi şaxslar majburiy tibbiy körikdan ötganlaridan söng 1 oylik muddatni kutmasdan istalgan vaqtda nikohdan ötişlari mumkinligini közda tutuvçi qonunni rad etgan edi. Hatto kelişuv komissiyasi tuziş ham taklif etilmagandi.
Uşbu qaytgan qonun Qonunçilik palatasida körib çiqildi. Eng qiziği uşbu qonun loyihasini muhokamaga olib çiqqan Qömita dastlab hamma deputatni bu töğriligiga işontirgan, ammo Senat qonunni rad etgaç, endi hammani bu notöğriligiga işontirib, körib çiqişdan töliq olib taşlaşni sörayapti.
Ammo deputatlar bundan keskin norozi. Qonun töğri edi, kerak bölsa, köpçilik ovoz bilan töğridan-töğri, Senat maʼqullaşini olib ötirmasdan Prezidentga yuboraylik, qaçondir bu institutdan ham foydalanişimiz kerakku, deyişmoqda.
Umuman olganda nikohdan ötişda 1 oylik majburiy muddat berilişi, lekin turli uzrli sabablar tufayli bu muddatni kamaytiriş mumkinligi amaliyotda qip-qizil korrupsiogen holatni paydo qiladi. Qonun taşabbuskori bölgan Adliya vazirligi bu haqda yetarliça asoslar va tuşuntirişlarni ham bergandi.
Şu sababli deputatlarni töliq qöllab-quvvatlayman va Senatdan bu qonunning qaytarilişi notöğri bölgan, deb hisoblayman. Deputatlar ovozga qöyganda qonunni muhokamadan olişni maʼqullamadi.
Agar köpçilik deputatlar (va ayniqsa Spiker) yana ozgina özlarida jurʼat topib, qonunni töğridan-töğri Prezidentga yuborişsa, Parlamentimiz tarixida yana bir yangi sahifani boşlab berişgan bölardi.
👉 @xushnudbek 👈
