Fikr

Senatorlar oçiqlikka mutlaqo qarşi qonunni tasdiqlaşga yaqin şekilli

Foto11-yanvar, 2024, 18:232 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Senatorlar oçiqlikka mutlaqo qarşi qonunni tasdiqlaşga yaqin şekilli

Yodingizda bölsa, huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlarini video yoki rasmga olib, ularni obrösizlantiriş maqsadida internetga joylaşni taqiqlaş haqidagi qonunni deputatlarimiz miq etmasdan tasdiqlab bergan edi. Mana, endi qöl kötariş navbati janob senatorlarga kelibdi.

Şu örinda senatorlarga baʼzi savollarim bor edi:

1️⃣ Uşbu qonun mantiqsizligini Senat saytida berilgan statistika körsatib turibdi.

Aytilişiça, 2022 va 2023-yillarda, yaʼni 2 yilda atiga 253 marta fuqarolar tomonidan YPX inspektorlarining foto/videosi internetga tarqatilibdi. Şundan 102 tasida, yaʼni 40% holatda haydovçilar özi aybdor böla turib, YPX inspektori harakatini notöğri izohlagan emiş. Demak, qolgan 60% holatda YPX inspektorlarining özi aybdor bölganmi? Agar kattaroq muammo haydovçilarda emas, köproq YPX inspektorlarida ekan, unda dağdağa va qamoq bilan qörqitişni fuqarolarga emas, organ xodimlarining öziga qiliş kerakdir balki?

2️⃣ Bundan taşqari har qanday qonun qabul qilinişi uçun katta ijtimoiy ehtiyoj kerak. Butun boşli 36 mln aholisi bor davlatda 2 yil içida atigi 102 tagina holat bölgani uçun, butun boşli qonun qabul qilişga uyalmaysizlarmi? Yoki umumiy holatning hatto 50% i ham çiqmaydigan vaziyatda fuqarolarni qamoqqa tiqişga asos böladigan yangi javobgarlik öylab topiş uçun vijdonlaringiz qiynalmayaptimi?

3️⃣ Va yana bundan taşqari, öşa 102 ta holatda fuqarolar YPX inspektori haqida yolğon maʼlumot aytgan bölsa, unda amaldagi qonunçilikda şundoq ham buning uçun tuhmat yoki haqorat degan ayblovlar borku, öşa bilan javobgarlikka tortaveringlar, bor narsaga dublikat qilib yangi modda kiritişga balo bormi? Mundoq bir Kodekslarimizni, qonunlarimizni ham öqib turasizlarmi özi?

Xullas, Davletovuz töğri aytyapti, senatorlardan qonunni qaytarişni umid qilgan biz ahmoq. Janob senatorlarimizga yuqori baho berib yubordik şekilli. Afsus, ming afsus...

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek