Diplomatiya

Şavkat Mirziyoyev AQŞning yetakçi kompaniyalari va moliya institutlari vakillari bilan uçraşdi

Albom7-noyabr, 2025, 03:512 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Şavkat Mirziyoyev AQŞning yetakçi kompaniyalari, investitsiya fondlari va moliya institutlari vakillari bilan uçraşuv ötkazdi.

Tadbirda AQŞ savdo vaziri Xovard Latnik, Prezidentning maxsus yordamçisi Rikki Gil, Prezidentning maxsus vakili Paolo Zampolli, qişloq xöjaligi vaziri örinbosari Stiven Vaden, şuningdek, Amerika – Özbekiston savdo palatasi rahbarlari, “Traxys”, “FLSmidth”, “McKinsey”, “Meta”, “Google”, “Amazon”, “Boeing”, “Air Products”, “Axiom Space”, “Cove Capital”, “Freeport-McMoRan”, “Orion CMC”, “Cargill Cotton”, “John Deere”, “Honeywell”, “Valmont Industries”, “Flowserve Corporation” kabi yirik korporatsiya va kompaniyalarning yuqori darajadagi menejerlari iştirok etdi.

AQŞ Prezidenti Donald Tramp bilan bölajak uçraşuvda iqtisodiy hamkorlikning aniq yönalişlari va yangi qöşma taşabbuslar muhokama qilinişi qayd etildi.

2030-yilgaça transport infratuzilmasini rivojlantirişga 12 milliard dollardan ziyod mablağ yönaltiriş rejalaştirilgan.

AQŞning “Google”, “Meta”, “NVIDIA” kompaniyalari bilan raqamli hamkorlik kengaymoqda. Apple Pay va Google Pay tölov tizimlarini joriy etiş, Raqamli akademiya va startap-xablar tarmoğini yaratiş şular jumlasidan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek