Şavkat Mirziyoyev bilan futbol körgan xorijlik mehmonlar kimlar edi
Keça gollar urilgan payti Şavkat Mirziyoyevni tribunada bir neçta xorijlik mehmonlar ham tabriklaganiga eʼtibor qaratgan bölsangiz kerak. Ular kim edi?
Gap şundaki, “Bunyodkor” stadionida bölib ötgan keçagi tarixiy öyinni davlatimiz rahbari bilan birgalikda quyidagi yuqori martabali mehmonlar birgalikda körişdi:
— 🇧🇬Bolgariya Prezidenti Rumen Radev;
— 🇸🇰Slovakiya Boş vaziri Robert Fitso;
— 🇰🇿Qozoğiston Boş vaziri Oljas Bektenov;
— 🇰🇬Qirğiziston hukumati raisi Adilbek Kasimaliyev;
— 🇹🇯Tojikiston Boş vaziri Qohir Rasulzoda;
— 🇦🇿Ozarbayjon Boş vaziri Ali Asadov;
— 🇹🇲Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi örinbosari Nokerguli Ataguliyev.
Maʼlumot uçun: Bolgariya terma jamoasi oxirgi marta 1998-yilda Jahon çempionatida öynagan, FIFA reytingida 85-örinda.
Slovakiya esa öz tarixida hozirça faqat bir marta — 2010-yilda mundialda qatnaşgan va öşanda guruhdan çiqa olgandi. FIFA reytingida 46-örinda.
Qöşnilarimiz va Ozarbayjon esa hozirça mundialga yöllanma olmagan.
Aytmoqçimanki, mehmonlarimiz uçun ham Jahon çempionatiga yöllanma oliş katta voqelik edi va ular çin dildan Özbekiston xalqi uçun quvonib, muxlislik qilganiga şubha yöq.
👉 @xushnudbek 👈
- 4 Telegram Stars


