Diplomatiya
Şavkat Mirziyoyev AQŞ Davlat kotibi Entoni Blinken boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi
Albom1-mart, 2023, 18:322 daqiqa0 koʻrish
Şavkat Mirziyoyev 1-mart kuni Amerika Qöşma Ştatlari Davlat kotibi Entoni Blinken boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, taʼlim va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama munosabatlar hamda mintaqaviy hamkorlikning muhim jihatlari körib çiqildi.
Suhbat avvalida Entoni Blinken davlatimiz rahbariga AQŞ Prezidenti Jo Baydenning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Madaniy-gumanitar aloqalarni, şu jumladan mamlakatimizda yoşlarga ingliz tilini öqitiş va malakali öqituvçilarni tayyorlaş dasturlarini faollaştiriş uçun keng imkoniyatlar mavjudligi taʼkidlandi.
👉 @xushnudbek 👈


