Diplomatiya

Şavkat Mirziyoyev raisligida ötadigan «Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi» birinçi sammiti iştirokçilari

Matn1-aprel, 2025, 20:081 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzQozoğiston prezidenti Samarqandda “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinçi sammitida iştirok etadi va qator uçraşuvlar ötkazadi.

🇺🇿Şavkat Mirziyoyev raisligida ötadigan "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" birinçi sammitida quyidagilar iştirok etadi:

🇪🇺 Yevropa kengaşi Prezidenti Antoniu Koşta;

🇪🇺 Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen;

🇰🇿 Qozoğiston Prezidenti Qasim-Jömart Töqayev;

🇰🇬 Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov;

🇹🇯 Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon;

🇹🇲 Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov.

"Kelajakka sarmoya kiritiş" şiori ostida ötkaziladigan tadbirda Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki hamda Yevropa investitsiya banki rahbarlari ham iştirok etişi kutilmoqda.

Investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş va tovar ayirboşlaşni köpaytiriş, innovatsiyalar, "yaşil" energetika, toğ-kon, qişloq xöjaligi, transport, logistika va raqamlaştiriş sohalarida qöşma dastur va kooperatsiya loyihalarini ilgari suriş, madaniyat, turizm, fan, taʼlim va boşqa ustuvor yönalişlarda faol almaşinuvlarni davom ettiriş masalalari diqqat markazida böladi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 1 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek