Muhim

Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahrida transport tizimini tubdan yangilaşga qaratilgan qarorni imzoladi

Matn5-dekabr, 2025, 18:072 daqiqa0 koʻrish

❗️Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahrida transport tizimini tubdan yangilaşga qaratilgan qarorni imzoladi. Hujjatga muvofiq:

➖ 2030-yilgaça jamoat transportidan foydalaniş uluşini 60 foizga, elektrobuslar uluşini 50 foizga, avtobuslarning örtaça harakat tezligini 18 km soatdan 24 km soatga yetkaziş, 1 ming kilometr avtomobil yöllarini taʼmirlaş, 16 ta tonnel va yöl ötkazgiç, 700 ta "aqlli" çorrahani barpo etiş, metropoliten tarmoğining uzunligini 103 kilometrga yetkaziş, 170 kilometr velosiped va 200 kilometr piyoda yölaklarini taşkil etiş maqsadli körsatkiçlar sifatida belgilab olindi;

➖ poytaxtda yöl harakatini boşqarişning mutlaqo yangi modeli joriy etiladi. Yöl harakatini taşkil etiş markazi taşkil etilib, u transport, piyoda va yölovçi oqimlarini real vaqtda monitoring qiliş, boşqariş va xavfsizlikni taʼminlaş vakolatiga ega böladi;

➖ Intellektual transport tizimi (ITT) şakllantiriladi. Kameralar, sensorlar, svetoforlar, jamoat transporti harakati, navigatsiya, vazn-hajm nazorati va barça xizmatlar yagona platformaga ulanadi.

ITT Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasining Situatsion markaziga integratsiya qilinadi. Avtotransport vositalarining ekologik normativlarga mosligi avtomatik baholanadi va ekologik zonasiga mos kelmaydigan transport vositalarini aniqlaş tizimi yölga qöyiladi;

➖ yöl va transport infratuzilmasi uçun maxsus jamğarma taşkil etildi. Jarimalar, "Xavfsiz şahar" tuşumlari, reklama tuşumlari bir qismi va boşqa manbalar jamğarmaga yönaltiriladi. Mazkur jamğarmaga kelib tuşgan mablağlar transport master rejasi, ITT, muhandislik yeçimlari, infratuzilmaviy loyihalar, avtobus yölaklari va svetoforlarni modernizatsiya qilişga sarflanadi;

➖ yöl-transport sohasidagi bir qator vakolatlar 2028-yilgaça huquqiy eksperiment sifatida markazga ötkaziladi. Bu Toşkentda transportni yagona markazlaşgan tizim orqali samarali boşqariş imkonini beradi;

➖ Toşkent köçalari, yöl kesişmalari, köpriklar va yöl ötkazgiçlari böyiça katta infratuzilmaviy dastur amalga oşiriladi: avtobuslar uçun alohida yölaklar, intellektual svetoforlar joriy etiladi, köçalar kompleks tarzda rekonstruksiya qilinadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek