Tushuntirish

Ançadan buyon aytilayotgan «Park and ride» tizimi haqida

Video16-dekabr, 2025, 22:594 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Ançadan buyon aytilayotgan “Park and ride” tizimi haqida

Bugungi yiğilişda maʼlum qilinişiça, kelasi yili poytaxtga kirişdagi 2 ta nazorat posti şahar taşqarisiga köçadi, 3 tasi rekonstruksiya qilinadi. Bu yerlarda kamida 3,5 mingta yuk va 5,5 mingta yengil avtomobil uçun turargohlar hamda aholi uçun kempinglar barpo etiladi. Asosiysi, bu nuqtalarga jamoat transporti tarmoği boğlanadi.

Yaʼni kimdir xohlasa, maşinasini şaharga kiraverişda qoldirib, özi jamoat transportida şahar markaziga yetib olişi mumkin bölişi kerak, davlat bunga şaroit yaratib berişi lozim.

Albatta, bu majburiy bölmaydi, şaharga maşina bilan kirişni xohlamaydiganlar uçun ixtiyoriy böladi. Bu köproq yondoş hududlarda yaşaydigan va har kuni poytaxtga işga qatnaydigan yuz minglab insonlar uçun zarur.

Bu reja bir neça yildan buyon aytilyapti. Biz hatto “Lolazor” podkastining ilk sonida ham şuni gaplaşgan ekanmiz. Videosini ilova qilyapman.

👉 @xushnudbek 👈

  • 3 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek