Şavkat Mirziyoyev yoşlarning turli sohalardagi loyihalari, kaşfiyot va yutuqlari bilan tanişdi
Şavkat Mirziyoyev yoşlarning turli sohalardagi loyihalari, kaşfiyot va yutuqlari bilan tanişdi
Jumladan, ulardan ayrimlari:
🔹 Toşkentlik Rustam Hamdamovning “Billz” dasturi kiçik va örta biznesni avtomatlaştirişga yordam beradi. Hozirgaça bu loyihaga 🇬🇧Buyuk Britaniya, 🇸🇬Singapur, 🇹🇷Turkiya işbilarmonlari 6 mln 600 ming dollar miqdorida investitsiya kiritgan.
🔹 Qoraqalpoğistonlik yoş fermer Şerzod Niyazimbetov organik pomidorlar yetiştirib, quyoşda quritib va qadoqlab, 🇮🇹Italiya hamda 🇫🇷Fransiya kabi davlatlarga eksport qilmoqda. Uning korxonasida 200 ga yaqin xodim işlamoqda.
🔹 Xorazmlik Lobar Abdullayeva onkologik kasalliklarga sunʼiy intellekt orqali taşxis qöyişga möljallangan “AI Scan” dasturini işlab çiqqan.
🔹 Qoraqalpoğistonlik Qumara Sagidullayeva quyoş energiyasida yuruvçi kiçik traktor, toşkentlik Abdulloh Jamoliddinov boğni avtomatik suğoriş tizimini ixtiro qilgan.
🔹Toşkentlik Sayfullo Qodirov ekin maydonlarini raqamli xaritalaş va yuqoridan dori sepiş imkonini beruvçi dronlar yasagan.
Mutasaddilarga ixtiroçi yoşlarni tegişli vazirliklarga biriktirib, loyihalarini rivojlantiriş böyiça körsatma berildi.
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars


