Sport

Şaxmatda durang böldi

Matn20-sentabr, 2024, 23:262 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Şaxmatda durang böldi. Törtala partiya ham durang bölib yakunlandi. Hindiston ilk marta oçko yöqotdi. Va eng qiziği ular bundan xursand.

Çunki öyin boşidan hindlarning barçasi durang uçun öynadi. Maksimal darajada öyinni durangga oborişdi.

Lekin şaxmatçilarimizga qoyil. Faxrlansak arziydi bunaqa yigitlar bilan. Oxirigaça mardonovor jang qilişdi.

Jahongir Vohidov va Nodirbek Abdusattorov partiyasi tezda durang böldi. Ortiqça kuraş bölmadi. Çunki raqiblari şuni xohladi.

Lekin Javohir Sindarov va Şamsiddin Vohidov ğalaba uçun şiddatli jang qildi. Har qança bosimga çidaşdi. Ammo tan oliş kerak, raqiblar ham xato qilmadi, maksimal aniqlikda öynadi. Ayniqsa Pragg juda zör himoyalandi, Sindarovning dahşatli hujumi va bosimiga ham turib bera oldi.

Şamsiddin esa qora donalarda öynaşiga qaramasdan, dunyoning 4-raqamli şaxmatçisi va turnir davomida deyarli hamma raqibini mağlub etgan (bittagina durang) Arjun Erigaysi hujumini qaytarib, oxirida özi qarşi hujumga ötdi. Ammo Arjun yaxşi sport formasida ekanligi uçun vaziyatni uşlab qoldi va oxirida özi durang taklif qildi.

Yana bir bor takrorlayman, bu yigitlar bilan faxrlansak arziydi. Barçasiga qoyil, şunçaki rahmat!

Turnir jadvalida Hindiston 2 oçkolik farqni saqlab qoldi. Keyingi örinlarda 3 ta jamoada bir xil oçko. Yana 2 ta tur qoldi, öyinlar yonadi!

Biz keyingi turda katta ehtimol bilan Xitoy bilan öynasak kerak. Yoki AQŞ. Bu bir neça soat içida maʼlum böladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Futzal tugadi. Şaxmatga qaytamiz

    0 koʻrish1 daqiqa

  2. 3:4

    0 koʻrish1 daqiqa

  3. Hali vaqt yetarlicha

    0 koʻrish1 daqiqa

Yana oʻqing