Şörtan gaz-kimyo majmuasida 643,2 mlrd söm byudjet mablaği talon-toroj qilingani aniqlandi
❗️Şörtan gaz-kimyo majmuasida 643,2 mlrd söm byudjet mablaği talon-toroj qilingani aniqlandi
Soliq qömitasi, Buxoro viloyati soliq boşqarmasi, “Özbekneftgaz” AJ va yana 4 ta MÇJning masʼul şaxslari özaro til biriktirib, Şörtan gaz-kimyo majmuasining işlab çiqariş quvvatini kengaytiriş böyiça berilgan 5,3 trln sömlik xizmatlar QQSdan ozod etilgan bölsa-da, QQS summasini elektron hisob-fakturalarga noqonuniy kiritib, byudjetda asossiz ravişda QQS mablağini hosil qilgan.
Uşbu mablağ “A.” MÇJning hisob raqamiga qaytarilişiga va “S.E.” MÇJ QKning davlat oldidagi kreditorlik qarzdorligi yöq qilinişiga erişilib, 643,2 mlrd sömlik byudjet mablağlari talon-toroj qilingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) bilan jinoyat işi qözğatildi.
👉 @xushnudbek 👈
- 4 Telegram Stars


