Hisoblagiçlar böyiça jinoyat işi: 19,9 mlrd söm talon-toroj qilingani aniqlangan
❗️Hisoblagiçlar böyiça jinoyat işi: 19,9 mlrd söm talon-toroj qilingani aniqlangan
Boş prokuratura huzuridagi Departament tergovga qadar tekşiruvida “Hududgaztaʼminot” AJ va “Texnopark” MÇJning masʼul şaxslari va boşqalar özaro til biriktirgani aniqlangan. Ular goʼyoki elektron gaz hisoblagiçlariga texnik xizmat körsatiş maqsadida 19 mlrd sömlik budjet mablağlarini özlaştiriş yoki rastrata qiliş yöli bilan talon-toroj qilgani maʼlum bölgan.
Şuningdek, “Texnopark” MÇJ tomonidan işlab çiqarilgan va “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan isteʼmolçilarga örnatilgan 273 dona gaz hisoblagiç körsatkiçlarining kam hisoblanganligi oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 861,1 mln sömlik zarar yetkazilgani maʼlum bölgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Maʼlumot uçun: Prezident raisligidagi yiğilişda ASKUE va ASKUG tizimi joriy qilinganiga tört yildan oşgan bölsa-da, aholi xonadonlariga örnatilgan 300 mingta gaz va 234 mingta elektr hisoblagiç tarmoqqa maʼlumot uzatmayotgani maʼlum qilingan edi.
👉 @xushnudbek 👈


