Muhim

Soliq, bojxona, bank xodimlari va hokim örinbosaridan iborat uyuşgan jinoiy guruh foş etildi

Video5-mart, 2025, 10:026 daqiqa0 koʻrish

Soliq, bojxona, bank xodimlari va hokim örinbosari hamda tadbirkorlardan iborat uyuşgan jinoiy guruh faoliyati foş etildi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş yönalişida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida 17 nafar soliq idoralari xodimlari, 1 nafar bojxona organi xodimi, 1 nafar bank xodimi, 1 nafar tuman hokimining birinçi örinbosari va 18 nafar tadbirkorlik subyektlarining mansabdor şaxslaridan iborat uyuşgan jinoiy guruh faoliyati foş etildi.

Aniqlanişiça, uşbu guruh tomonidan 2020-2023-yillar davomida 8 ta soxta korxona taşkil qilinib, xorijga soxta eksport qilingan mebel mahsulotlari uçun qaytarilişi belgilangan 15 foiz qöşilgan qiymat soliğining (QQS) salbiy farq summasini asossiz qaytarib oliş orqali, ular jami 24 mlrd. 580 mln. söm byudjet mablağlarini talon-toroj qilişgan.

Jinoiy guruh faoliyatini soliq idoralarining sobiq xodimi muvofiqlaştirib borgan va aynan mazkur şaxs norasmiy rahbarlik qilgan korxonalar Namangan viloyati Yangiqörğon tumanida röyxatdan ötgan bölsa-da, ularning yuridik manzillari asossiz ravişda tez-tez özgartirilib, ularga rasmiy rahbar sifatida işga aloqador bölmagan şaxslarning nomlari kiritilgan. Şuningdek, korxonalarning faoliyat turi sifatida mebel işlab çiqariş bilan şuğullaniş belgilangan bölsa-da, aslida ular heç qanday işlab çiqarişni amalga oşirişmagan.

Bundan taşqari, hisobot hujjatlarida goʼyoki işlab çiqarilgan tayyor mahsulotlar Qirğizistonga eksport qilinganligi aks ettirilgan.

Lekin, tekşiruvlar jarayonida eksport operatsiyalari amalga oşirilmaganligi, korxonalarning muhrlari uyuşgan guruh tomonidan soxtalaştirilganligi va eksport şartnomalari şakllantirilganligi hamda davlat byudjetidan yuqorida körsatilgan qöşilgan qiymat soliği pul mablağlari noqonuniy qaytarib olinganligi aniqlandi.

Tergov davomida 6 mlrd. 808 mln. söm davlat hisobiga undirildi. Şuningdek, yetkazilgan zararni qoplaş uçun 6 mlrd. 300 mln. sömlik mol-mulk, jumladan 1 ta köp qavatli xususiy tibbiy klinika binosi, 1 ta avtomobillar yuviş şoxobçasi, 2 ta xonadon, 6 ta avtomaşina hamda telefon va kompyuter jihozlari xatlandi.

Jinoyat işlari böyiça Mirzo Uluğbek tuman sudi tomonidan 38 nafar sudlanuvçilarning 14 nafariga 5 yil 6 oydan 7 yil 6 oy muddatgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.

Şuningdek, 18 nafar şaxsga nisbatan turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanib, ularga Jinoyat Kodeksining 72-moddasini qöllagan holda 2 yil muddat içida yetkazilgan moddiy zararni qoplaş majburiyati bilan 3 yil sinov muddati tayinlandi.

Bundan taşqari, sudlanuvçilarning 6 nafariga nisbatan 2 yildan kam bölmagan muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek