Diplomatiya

Söxliklarga çegaradan ötib-qaytişda yengillik beriş böyiça kelişuvga erişilgan

Video14-noyabr, 2022, 21:133 daqiqa0 koʻrish

Söxliklarga çegaradan ötib-qaytişda yengillik beriş böyiça kelişuvga erişilgan

Boş vazir Abdulla Aripovning maʼlum qilişiça, Qirğiziston hududida joylaşgan Özbekistonning eksklav hududi bölgan Söx tumani aholisining çegaradan ötib-qaytişida yanada yengillik yaratiş böyiça ikki davlat Hukumatlari özaro kelişuvga erişgan.

Çegaradan ötişda aholining muammolaridan biri — byurokratiya bölardi. Eng avvalo Söxliklar xorijga çiqiş (zagranpasport) pasportiga ega bölişlari şart edi. Har bir ötiş va ortga qaytişda fuqaro pasportiga 8 ta ştamp bosilgan. Doimiy işlaydigan aholi bölsa, 1 oyga qolmay pasporti tölib qolgan.

Buning oldini oliş uçun 2 ta kelişuvga erişilgan:

1) vaqtinça pasportlar içiga qöşimça ilova (vkladiş) qöşiş. Şunda yangi pasport oliş şart bölmaydi.

2) kelgusida söxliklarga Qirğiziston çegarasidan ötişda ID-pasporti orqali ötişga ruxsat beriş. Şunda ularning çegaradan kirdi-çiqdisi elektron qurilmada qayd etiladi, pasportga ştamp bosişga hojat qolmaydi. Mazkur tizim ustida işlanmoqda, tez orada işga tuşişi kutilmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek