Fikr

Soxta açinişlarga boy bayonotlar

Matn1-aprel, 2023, 22:082 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Soxta açinişlarga boy bayonotlar

Irina Matvienkoning yozişiça, joriy yil fevral oyining boşida u Senat majlisida Xorazmdagi mana şu voqealar haqida hammaga gapirib bergan (sud hukmi 2022-yil 6-sentabrda çiqqan). Öşa majlisda senatorlar, Oliy sud, Adliya vazirligi va boşqa köplab taşkilotlar vakillari bölgan va bundan xabar topgan. Lekin heç narsa bölmagan. Birorta taşkilot bu haqida jiddiy öylab ham körmagan. Xuddi "ertalab quyoş çiqdi" degan oddiy xabarni eşitganday, majlisdan çiqiboq barçasini unutib yuborişgan.

Oliy Sud ham, Boş prokuratura ham, Bolalar ombudsmani ham oradan şunça oy ötgan bölişiga qaramasdan bu haqida sukut saqlaşgan. Balki özlariça "mundir hurmati"ni saqlagan holda davlat amaldorlarining bu şarmandaçiligini yaşirişgandir, kim bilsin. Adliya hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi esa tizimi şarmanda bölmasligi uçun, bu xabarni berkitişdan manfaatdor bölgan.

Va keça Irina Matvienko uşbu voqealar haqida batafsil maʼlumot eʼlon qilgaç hamda buning natijasida ijtimoiy tarmoqlar portlagaç, birdaniga hamma taşkilot "tilga kirib qoldi".

Senat ham, Oliy Sud ham, Adliya va FVV ham, Bolalar Ombudsmani ham birdaniga özidan sipo yasab olib, uşbu voqeadan çuqur qayğuda ekanligi, işni nazoratga olişgani haqida birin-ketin bayonotlar berişdi.

Bularning barçasi soxta açinişlarga boy bayonotlar. Xuddiki özini heç narsadan xabari yöqday tutib, döppi tor kelib qolganidan noiloj berilgan bayonotlar. Agar ijtimoiy tarmoqlarda odamlar qahr va ğazab soçmaganda edi, uşbu taşkilotlar ikki dunyoda ham bu voqeaga eʼtibor qaratib ötirmasdi.

Yoki agar ular rostdan bugungi kungaça bu voqeadan bexabar bölgan bölişsa, unda bu yanada yomon. Demak, ular bir tiyinlik tayinli iş qilişmayapti, öz vazifasini tayinli bajarişmayapti degani. Vaholanki tizim içida turib, bu voqeadan bexabar qolib ketiş uçun közi kör, quloği kar böliş kerak.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek