Tushuntirish

Xorazm işi va adolatsiz hukm: pedofil amaldorlarga nega yengil jazo berilgan?

Matn3-aprel, 2023, 11:392 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Xorazm işi va adolatsiz hukm: pedofil amaldorlarga nega yengil jazo berilgan?

📹 https://youtu.be/R8XzzkqoEDk

Mazkur videoda Xorazm viloyatidagi oilaviy mehribonlik uyida istiqomat qiluvçi 3 nafar qiz özgalar bilan jinsiy aloqa qilişga majburlangani mavzusi atrofida suhbatlaşamiz.

Asosiy aytmoqçi bölgan fikrimni yana qaytaraman: bu işda adolatsiz hukm çiqarilgan, bu aniq. Yaʼni yengil jazo tayinlangan.

Ammo hukm NOQONUNIY ham bölişi mumkin. Sababi mazkur iş holatlari, masalan qizlarni oç qoldirib hamda özini yoki ukasini kaltaklab jinsiy aloqa qilişga majburlaş faktlari mazkur holatni bemalol Jinoyat kodeksining 118-moddasi - Nomusga tegiş jinoyati bilan kvalifikatsiya qiliş mumkinligini anglatadi. Bölganda ham oğirlaştiruvçi qismi bilan qayta malakalaş kerak. Şunda aybdorlar uçun 10 yildan 15 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlaş mumkin böladi. Albatta bu yerda köp narsa iş hujjatlariga boğliq. Unaqasiga tortsa ham böladi, bunaqasiga ham.

Boş prokuratura bayonotida "yengil jazo tayinlangani" uçun kassatsiya şikoyati kiritilgani haqida gap ketgan. Demak, Boş prokuratura uşbu moddalarga rozi, faqat şu modda doirasida oğirroq jazo sörayapti. Ammo bu yuzaki xulosa. Puxta örganmasdan, şoşma-şoşarlik bilan nomiga qilingan iş, deb hisoblayman. Yoki bayonotdagi "boşqa holatlar" degan atamada qayta malakalaş haqida gap ketganmikin. Ehtimoli kam.

Mazkur iş doirasida albatta yangi oçilgan holatlar yuzasidan mutlaqo boşidan qayta tergov ötkazilişi kerak. Boş prokuraturaning malakali tergovçilari işni öz qöllariga olişlari şart. Hududiylarga ishonch yöq çunki.

Yoki manfaatlar töqnaşuvi bölmasligi uçun, işni Davlat xavfsizlik xizmatiga ötkaziş kerak. Çunki öylab qaralsa, Boş prokuratura jinoyat işi notöğri malakalangan deb xulosa berişi, bu birlamçi böğinda prokuratura tergovi notöğri ötganini anglatadi. Buni esa öz-özidan Boş prokuraturaning özi ham xohlamaydi. Bunaqa rezonansli işda kim ham öz tizimi xato qilganini tan olar edi.

Xullas, uşbu jinoyat işida “öyin” bölgani aniq. Taniş-bilişçilik, korrupsiya hidi anqib turibdi.

Masʼul huquqni muhofaza qiluvçi taşkilotlar faqat bir-biridan çiroyli bayonotlar bermasdan, aniq amaliy işga ötişlari va jinoyat işini qaytadan tergov qilişlari şart va zarur.

Qolgan gaplarni esa videoda tuşuntirişga harakat qilganman.
📹 https://youtu.be/R8XzzkqoEDk

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek