Statqöm şikoyat qilgan dasturçining işi yopildi

Matn28-dekabr, 2021, 14:071 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzDasturçi Boburmirzo Hamroqulovga nisbatan yolğon axborot tarqatiş aybi bilan maʼmuriy iş oçilgan. Muallif bu ayblovni asossiz deb hisoblaydi.

Statqöm şikoyat qilgan dasturçining işi yopildi

Statistika qömitasi orginfo.uz saytini yaratgan dasturçi Boburmirzo Hamroqulovga nisbatan şikoyat kiritgani va keyinçalik unga nisbatan MJtKning 202-2-moddasi (yolğon axborot tarqatiş) böyiça asossiz maʼmuriy iş oçilgani haqida yozgandik.

Ana öşa iş böyiça Asaka tuman IIB yangi qaror qabul qilibdi. Dasturçining harakatlarida jinoiy yoki maʼmuriy huquqbuzarlik alomatlari topilmagan va unga nisbatan oçilgan iş tugatilgan.

Statistika qömitasi va dasturçi ham özaro muzokara olib borib, kelişib olişibdi. Buni vaqtliroq qilsa ham bölardi, örtada qömita öz nomiga bir dunyo tanqid orttirib olgani qoldi.

Jamoatçilikning befarq bölmagani tufayli oçiqlik va şaffoflikni taʼminlovçi yaxşi bir loyiha saqlab qolindi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 15
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek