Surxondaryo viloyatining Şerobod tumanida issiqxonalar uçun salkam ming gektar joy ajratildi
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uz2026-yil 1-oktabrdan Toşkentda yangi issiqxonalar çeklanadi, mavjudlari bosqiçma-bosqiç köçiriladi va Şerobodda 940 gektarlik agropark taşkil etiladi.❗️Surxondaryo viloyatining Şerobod tumanida issiqxonalar uçun salkam ming gektar joy ajratildi
Bu böyiça Prezident qarori (PQ-108, 25.03.2026) qabul qilindi.
Unga köra:
➖ 940 gektar maydonda joylaşadigan “Surxon-Agro” erkin iqtisodiy zonasining faoliyat yuritiş muddati keyinçalik uzaytiriş şarti bilan 30 yilni taşkil etadi;
➖ 2026-yil 1-apreldan boşlab “Surxon-Agro” zonasida yer maydonlarini tekislaş va tizimli ravişda agrotexnik işlov beriş hamda irrigatsiya tarmoqlarini sozlaş işlari boşlanadi;
➖ “Surxon-Agro” zonasida faoliyat olib boradigan issiqxona xöjaliklariga quyidagi imtiyoz va preferensiyalar taqdim etiladi:
🔹 yer uçastkalari tadbirkorlarga elektron onlayn auksion orqali ijaraga berilganda 5 yil davomida ijara tölovining nol stavkasi qöllaniladi;
🔹 issiqxonalarni suğoriş va texnologik jarayonlar uçun işlatiladigan oqova va yerosti suvlari uçun tölovlardan 3 yil
muddatga ozod etiladi;
🔹 anomal sovuq ob-havo şaroitlari davrida (Gidrometeorologiya
xizmati agentligining havo harorati keskin pasayişi töğrisidagi maʼlumotlari asosida), istisno tariqasida, belgilangan ekologik talablarga rioya qilgan holda kömir yoqişga ruxsat etiladi.
ℹ️ Maʼlumot uçun, avvalroq Toşkent şahri va unga tutaş hududlardagi issiqxonalar energiya tejamkor va tabiiy-iqlim şaroiti qulay bölgan hududlarga bosqiçma-bosqiç köçirilişi aytilgandi.
👉 @xushnudbek 👈



