Tibbiyot va farmatsevtika xodimi deganda kimlar tuşuniladi?
❓ Tibbiyot va farmatsevtika xodimi deganda kimlar tuşuniladi?
Avvalo bugungi kasb bayrami bilan barça tibbiyot xodimlarini çin qalbdan tabriklayman. Tun-u kun xalqimiz xizmatida bölib, öz soğliği va hatto öz hayotini ham xavf ostiga qöyişga doim şay bölib turadigan fidoyi kasb egalariga çeksiz rahmatimni aytaman.
Bugungi Prezident qaroridan söng, yuqoridagi savol köp berilmoqda. Masalan, 15 yillik stajga ega hamşiralarning farzandi uçun ham kontraktning 30 foizi qoplab beriladimi? Yoki xorijda ilmiy maqola çiqarmoqçi bölgan feldşerga ham xarajatlar qoplab beriladimi? Yoxud 15 yillik stajga ega akuşerka uçun ham uy olayotganda dastlabki badalning 25 foizi qoplab beriladimi?
Şu kabi savollarga javob berib ketmoqçiman.
✅ Garçi qonunçilikda tibbiyot va farmatsevtika xodimi tuşunçasiga aniq tavsif berilmagan bölsa-da, lekin Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarorida davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq tölaşning tarif setkasi, tartibi va şartlari tasdiqlangan. Uşbu qarorda tibbiyot xodimlari kiçik tibbiyot xodimlari, örta tibbiyot xodimlari va vraçlar toifalariga ajratilgan.
🔹Kiçik tibbiyot xodimlari:
1. Barça nomlardagi sanitarka va boşqa kiçik tibbiyot xodimlari;
2.Bemorlarni parvariş qiluvçi kiçik hamşira;
3. Xöjalik bekasi.
🔹Örta tibbiyot xodimlari:
1. Tibbiy röyxatdan ötkazuvçi, dezinfektor;
2. Barça nomlardagi tibbiyot hamşirasi, şafqat hamşirasi, feldşer, akuşerka, laborant, rentgen laboranti, tibbiyot statistigi, tiş texnigi, tibbiy-ijtimoiy xodim (toifasiz, II toifa, I toifa, oliy toifa);
3. Operatsiya hamşirasi, anestezist-hamşira, reanimatsiya va intensiv terapiya bölimlari hamşirasi, tuğuruqxona (bölim)ning akuşerkasi, sanitariya vraçining yordamçisi, parazitolog vraçning yordamçisi, entomologning yordamçisi (toifasiz, II toifa, I toifa, oliy toifa);
4. Bölim (filial) feldşeri, akuşerkasi; katta tibbiy hamşira, katta feldşer, katta akuşerka; tiş vraçi, şoşilinç yordam katta feldşeri, hamşiralik işi mutaxassisi, yetakçi tibbiy hamşira (toifasiz, II toifa, I toifa, oliy toifa).
🔹Vraç xodimlar:
1. Mutaxassis vraç (toifasiz, II toifa, I toifa, oliy toifa);
2. Bemorlarni operatsiya qiladigan barça nomlardagi vraç-xirurg; tezkor faoliyatni taʼminlaydigan va reanimatsiya çora-tadbirlarini amalga oşiradigan anesteziolog-reanimatolog vraç; davolaş tadbirlarini amalga oşiradigan endoskopist vraç; tez tibbiy yordam köçma brigadasi mutaxassis vraçi; umumiy amaliyot vraçi (toifasiz, II toifa, I toifa, oliy toifa).
Şuningdek, tibbiyot muassasalarining rahbarlari, ularning örinbosarlari, şuningdek boş tibbiyot hamşiralari ham tibbiyot xodimi hisoblanadi.
🔹Davolaş-profilaktika muassasalarining farmatsevtika xodimlari:
1. Provizor (toifasiz, II toifa, I toifa, oliy toifa);
2. Farmatsevtika xodimlari (toifasiz, II toifa, I toifa, oliy toifa).
Bugungi Prezident qarorida aniq toifa belgilab berilmagan, umumiy tartibda tibbiyot va farmatsevtika xodimlari deyilgan. Şu sababli yuqoridagi barça lavozim uçun mazkur qarorda belgilangan imtiyoz va qöşimça rağbatlantirişlar amal qiladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 8 Telegram Stars
