Yotoqxonaga onlayn ariza topşirayotganda «qarindoşlik darajasi aniqlanmadi» desa nima qiliş kerak?
❓Yotoqxonaga onlayn ariza topşirayotganda “qarindoşlik darajasi aniqlanmadi” desa nima qiliş kerak?
1-kursga qabul qilinganlar yotoqxonadan joy oliş uçun https://my.gov.uz/uz/service/870 sayti orqali onlayn ariza yuborişlari kerak.
Qoidaga köra, oilada bir neçta farzand kunduzgi taʼlimda kontraktda öqiyotgan bölsa, yotoqxonadan joy olişda ustuvorlik huquqi beriladi. Şu sababli ariza yuborayotganda aka-uka yoki opa-singlisining maʼlumotini (JŞŞIR raqami) kiritiş kerak. Şunda tizimning özi bazadan tekşirib, eng avvalo ularning qarindoşlik darajasini hamda undan söng haqiqatda kontraktda öqiyotgan talaba ekanligini tekşiradi.
Lekin ayrim hollarda “qarindoşlik darajasi aniqlanmadi” degan javob ham çiqib qolyapti.
Baʼzan esa hattoki ota-onasi haqidagi maʼlumot ham notöğri çiqib qolyapti.
Bunday vaziyatda nima qiliş kerak?
Eng avvalo Yagona portaldagi şaxsiy kabinetga kirib, “Mening oilam” bölimiga ötiş kerak (https://my.gov.uz/ru/user/family).
Öşa yerda sizning oila aʼzolaringiz röyxati böladi. Lekin hammada ham bu töğri bölmasligi mumkin. Buning xavotirli joyi yöq. Töğrilaş uçun biror idoraga ovora bölib borişingiz şart emas.
Öşa sahifada sariq rangli “Maʼlumotlarni tahrirlaş uçun ariza yuboriş” degan tugma bor.
Agar röyxatda begona odam bölsa, yoki biror yaqin qarindoşingiz röyxatda yöq bölsa, yoki yana boşqa biror xatolik bölsa, unda şu tugma orqali onlayn ariza yuboriş kifoya.
Arizalar FHDY tizimiga kelib tuşadi va odatda xodimlar tomonidan 1 yoki 2 iş kuni içida körib çiqilib, töğrilab qöyiladi.
Şundan söng, talabalar turar joyi uçun yana bemalol ariza yubora olasiz.
👉 @xushnudbek 👈


