Tushuntirish

4 ta harfning özgarişi katta xarajatmi?

Matn7-iyul, 2026, 17:362 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzYangi alifbo 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat böladi. Deputatlar qabul qilgan loyiha körib çiqiş uçun Senatga yuborildi.

❓4 ta harfning özgarişi katta xarajatmi?

Bu savol alifbo muhokamasi vaqtida eng köp kötariladi. “Noroziman” deydigan toifaning eng katta argumenti ham xarajatga borib taqaladi.

‼️ENG AVVALO, MUHIM NUQTA — BIZDA ALIFBO ALMAŞMAYAPTI, IKKITA HARFNING ŞAPKASI ÖZGARYAPTI, IKKITA HARFNING ŞAKLI ÖZGARYAPTI

Davlat alifbo islohotida qaçon juda katta xarajat qiladi, qaçonki butunlay boşqa alifboga ötsa. Masalan, Qozoğiston kirilldan lotinga ötişga qiynalyapti. Çunki bu juda katta iş va haqiqatdan katta xarajat talab qiladi.

Ammo 4 ta harfning şaklini özgartirişda vaziyat mutlaqo boşqaça. Deputatlarimiz qabul qilgan qonunda hammasi aniq yozilgan.

Pasport (ID karta) — öz kuçida qolaveradi, almaştiriş talab etilmaydi. Qaçonki, muddati tugasa, öşandagina yangi 4 ta harf işlatilgan variantini olasiz, ungaça bemalol yuraverasiz.

Demak, fuqarolar uçun pasport (ID karta) xarajati nolga teng.

Pul — milliy valyutamiz banknotalari ham öz kuçida qolaveradi. Qaçonki Markaziy bank yangi partiyada söm banknotalarini bosib çiqarsagina, yangi 4 ta harfdan foydalanadi. Ungaça heç qanaqa ortiqça xarajat qilinmaydi.

Darsliklar — qoidaga köra, darsliklar şundoq ham maʼlum yilda (1-5 yil) yangilanişi kerak. Öşa yangilaniş vaqti kelgandagina yangilanadi, ungaça hammasini qayta bosamiz, deyilmaydi.

Kitoblar — kitoblar bilan ham muammo yöq. Şu paytgaça çop etilganini öqişda davom etaveramiz, xotiramizdan ö va ğ harfini öçirib taşlamayapmiz-ku. Yangisini çop etişga tabiiy ehtiyoj tuğilganda, yangi 4 ta harfdan foydalanamiz. Barçasi juda oddiy.

Köçalardagi yozuvlar, peşlavhalar, bannerlar va h.k. — bularda ham öşa qoida işlaydi. Har qanday vizual materialning foydalaniş va yemiriliş muddati bor. Masalan, 3 yil, 5 yil, 10 yil. Şu muddatlar içida majburan almaştiriş talab etilmaydi. Qaçon foydalaniş muddati oxiriga yetib kelsa, öşanda yangisiga almaştiriladi. Masalan, köçadagi “Toşkent şahri” deb yozilgan katta yozuv 5 yil davomida osilib tursa ham, heç qanaqa muammo emas, uni albatta ertagayoq “Toşkent şahri” deb özgartiriş şart bölmaydi.

Xat uçun blanklar, veb-saytlar, yorliqlar, restoran menyulari, çiptalar va boşqa şu kabi yozuv bilan boğliq mahsulotlarda ham xuddi şu qoida işlaydi. Qaçon yangisini çiqarişga tabiiy ehtiyoj tuğilganda 4 ta yangi harfdan foydalaniladi. Ungaça sunʼiy ravişda almaştiriş yoki majburlaş talab etilmaydi.

Menimça, endi sizga tuşunarli böldi, degan umiddaman.

👉 @xushnudbek 👈

  • 11 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek