Tezkor

Taksiçilar özini-özi band qilgan fuqarolar toifasiga kiritilmoqda

Matn7-iyul, 2022, 17:571 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzŞavkat Mirziyoyev taksistlarni özini-özi band qilganlar röyxatiga kiritişni topşirgan edi, biroq bir yildan buyon bu qaror ijro etilmayapti.

⚡️Navbatdagi yaxşi xabar: endi taksiçilar ham vanihoyat özini-özini band qilgan fuqarolar toifasiga kiritilmoqda (daromad soliğidan ozod böladi)

Prezident qarori bilan, 2022-yil 1-sentabrdan 2024-yil oxiriga qadar yölovçilarni yengil avtotransport vositalarida taşiş faoliyati özini özi band qilgan şaxslar şuğullanişi mumkin bölgan faoliyat turlari röyxatiga kiritilmoqda. Bunda:

— litsenziya varaqasini berişda avtomobilning 10 yillik ekspluatatsiya davriga qöyilgan talab bekor qilinadi;

— majburiy tibbiy va texnik körik muddati 1 yilda 1 marta qilib belgilanadi;

— özini özi band qilgan taşuvçilardan, şu jumladan yuridik şaxslardan litsenziya varaqasi berilganligi uçun davlat boji miqdori 300 ming söm etib belgilanadi.

Bundan taşqari fuqaro tomonidan özining avtomobilini yölovçi taşiş litsenziyasiga ega bölgan yuridik şaxslarga ijaraga berilganda notarial idoralar tomonidan tasdiqlaş talabi bekor qilinmoqda. Ijara şartnomasi soliq organlarida elektron hisobga qöyiladi.

Ötgan yili 19-may kuni Şavkat Mirziyoyev 60 dan ziyod kasblar qatorida taksistlar ham özini-özi band qilgan fuqarolar sifatida daromad soliğidan ozod qilinişi taʼkidlangandi, ammo keyinçalik tasdiqlangan kasblar röyxatidan negadir taksiçilik tuşib qolgandi. Bu haqda avval ham köp yozgandik (1, 2, 3, 4).

Nihoyat öşa kunga yetib keldik.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek