Tushuntirish

Vanihoyat taksiçilik özini özi band qiliş faoliyati röyxatiga kiritildi

Albom28-fevral, 2025, 19:532 daqiqa0 koʻrish

🚕 Vanihoyat taksiçilik özini özi band qiliş faoliyati röyxatiga kiritildi

Bu böyiça Prezident qarori qabul qilindi. Bungaça 2025-yil 1-yanvargaça vaqtinçalik ruxsat berilgan edi. Endi doimiy röyxatga kirdi.

📄Bunda taksiçilik faoliyati bilan litsenziya asosida şuğullaniş mumkin böladi. Litsenziyada uni oluvçi şaxs va avtomobili töğrisidagi maʼlumotlar, şuningdek, faoliyat körsatiş hududi va amal qiliş muddati keltiriladi.

💰Yönalişsiz taksi faoliyati uçun litsenziya berişda yiliga BHMning 1 baravari (375 ming söm) miqdorida davlat boji undiriladi.

Litsenziya oliş talablari quyidagilardan iborat:

🏥 taşuvçilar har yili “UzTrans” axborot tizimi bazasiga kiritilgan köp tarmoqli poliklinikalar va xususiy tibbiyot muassasalarida tibbiy körikdan ötişlari;

🔧 bir yilda bir marta avtotransportni texnik körikdan ötkazişlari;

🚖 özini özi band qilgan taşuvçilarning avtomobillari tom qismida “TAXI” taniş belgili fonar örnatilişi lozim.

❌ Bunda old oynaning yuqoridagi öng burçagiga yaşil yoritiş çiroğini, hisoblagiç (taksometr) va radioaloqa vositasini, şuningdek, nazorat-kassa maşinasini örnatiş talab etilmaydi.

Şuningdek, boşqa sohalarda mehnat şartnomasiga asosan band bölgan fuqarolar ham özini özi band qilgan şaxs sifatida röyxatdan ötgan holda transport vositalarida taşiş faoliyati bilan şuğullanişlari mumkin.

Eslatma: Soliq mobil ilovasida özini özini band qilgan şaxs sifatida bepul röyxatdan ötiş mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek