Tushuntirish

Talabalar kontraktini tölaganda 12% pul qaytarib beriladimi?

Video25-dekabr, 2022, 18:303 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❓Talabalar kontraktini tölaganda 12% pul qaytarib beriladimi?

Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga binoan, Özbekistonning professional va oliy taʼlim taşkilotlarida taʼlim oliş (özining yoki 26 yoşga tölmagan farzandlarining yoxud erining (xotinining) taʼlim olişi) uçun yönaltiriladigan soliq solinişi lozim bölgan iş haqi va boşqa daromadlariga soliq solinmaydi.

Demak, quyidagi 3 toifaning kontrakti uçun tölangan mablağlardan daromad soliği uşlanmaydi:

1️⃣ fuqaro özining kontraktiga ötkazsa;
2️⃣ ota-onalar 26 yoşga tölmagan farzandining kontraktiga ötkazsa;
3️⃣ er yoki xotin 26 yoşga tölmagan turmuş örtoğining kontraktiga ötkazsa.

🎓 Bu imtiyoz qaysi taʼlim muassasalariga qöllanadi:

1) professional taʼlim (kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar) öquvçilariga;
2) oliy taʼlim talabalariga.

👉 Soliq çegirmasi tölov quyidagilar hisobidan amalga oşirilganda taqdim etiladi:

✅ öz mablağlari;
✅ jismoniy şaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan taʼlim kreditlari;
✅ yuridik şaxslar tomonidan jismoniy şaxslarga qaytariş şarti bilan berilgan mablağlari (ssudalar).

❗️Tölov iş haqidan emas, mustaqil amalga oşirilganda yillik daromad töğrisidagi deklaratsiyani topşirgan holda soliq çegirmasidan foydalaniş mumkin.

Izoh: yuqoridagi 3 ta toifadan boşqalarning, masalan, aka-ukasi, opa-singlisi, kuyovi yoki kelini yoxud boşqa şaxslarning kontrakti uçun tölov qilinsa, heç qanday imtiyoz qöllanmaydi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek