Muhim

Talabalarni yotoqxona bilan taʼminlaş va ijara pulini kompensatsiya qiliş tartibi özgartirilmoqda

Matn14-avgust, 2023, 15:422 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Talabalarni yotoqxona bilan taʼminlaş va ijara pulini byudjetdan kompensatsiya qiliş tartibi özgartirilmoqda

Xabaringiz bor, 2 yildan buyon talabalarning ijara xarajatlarining bir qismi davlat byudjetidan qoplanayotgan edi.

Aniqroği, 2021-yil 1-maydan boşlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va öziga, şu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegişli bölmagan uyda ijara huquqi asosida yaşaydigan davlat OTMlari talabalarining 60 foiziga ular tomonidan tölanadigan oylik ijara tölovining 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan qoplab berilişi belgilangandi.

Olingan maʼlumotlarga köra, mazkur tartib özgartirilmoqda. Yaʼni ijarada turgan talabalar uçun yagona aniq summa belgilanmoqda. Bunda ijara puli:

➖ Toşkent şahrida – bazaviy hisoblaş miqdorining 1 baravari (330 ming söm);
➖ qolgan hududlarda – bazaviy hisoblaş miqdorining 0,5 baravari (165 ming söm) miqdorida davlat tomonidan qoplanadi.

Yaʼni, masalan, talaba Toşkentdagi biror xonadonda kursdoşlari bilan birga 600 ming sömdan ijarada tursa, şuning 330 ming sömi davlat tomonidan qoplanadi.

✅ Şuningdek, 1-kurslar uçun sentyabr va oktyabr oylarida ijara puli qoplanişi uçun heç qanday ijara şartnomasi körsatiş şart bölmaydi, şartnoma bölmasa ham qoplab berilaveradi.

Bundan taşqari OTMlardagi talabalar turar joylari endi onlayn maxsus tizim orqali tarqatiladi va bunda byurokratiya hamda inson omili minimal darajaga tuşiriladi.

Yangi özgarişlarda talabalarni yotoqxona bilan taʼminlaşga oid boşqa yaxşi yangiliklar ham bor. Bu borada tegişli masʼullar bilan ovozli çat taşkil qilişni rejalaştiryapmiz.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek