Taʼlim krediti oliş vaqtinça töxtatilibdi
Taʼlim krediti oliş vaqtinça töxtatilibdi. Çunki banklarga resurs ajratilmayotgan ekan
Bizga kelayotgan xabarlarga köra, ayni kunlarda yurtimiz böylab barça talabalar taʼlim krediti olişda muammolarga duç kelişmoqda. Yigitlar ham, qizlar ham.
Yuqoridagi suratda “Asakabank” filialining taʼlim krediti olişni sörab ariza yozgan talabaga bergan javobi aks etgan. Unda aytilişiça, maxsus jamğarma banklar uçun resurs ajratmayotgan ekan. Xolislik uçun aytiş kerak, muammo faqat “Asakabank”da emas, boşqa banklarda ham şunaqa muammo. Masalan, murojaatçining aytişiça, Ipoteka va Xalq bankiga ham borgan, lekin rad javobini olgan.
Maʼlumot uçun: 2021-yil 30-iyuldagi PQ-5203-sonli Prezident qaroriga köra, taʼlim kreditlari böyiça tijorat banklarini moliyaviy resurslar bilan taʼminlaş uçun sobiq Moliya, hozirgi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida Taʼlim kreditini moliyalaştiriş jamğarmasi taşkil etilgan.
Jamğarmaga Davlat byudjetidan mablağlar ajratiladi va 2023-yilgi Davlat byudjeti töğrisidagi qonunda jamğarmaga qança mablağ ajratilişi aniq körsatilgan.
Endi savol tuğiladi: muammoning asl ildizi qayerda? Iqtisodiyot va moliya vazirligi qonunlarda belgilangan qoidalarga amal qilmasdan haqiqatdan banklarga resurs ajratmayaptimi yoki resurs bölsa ham banklar özi öyin qilyaptimi?
Bu böyiça masʼullar tegişli izoh beradi, degan umiddamiz. Izoh berişmasa ham mayli, şunçaki muammoni hal qilişsin, böldi.
Eslatib ötamiz, 2023-yil Özbekistonda Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili deb nomlangan. Sifatli taʼlim...
👉 @xushnudbek 👈
