Fikr

Içki işlar tizimini isloh qiliş va tizimli muammolarga çora köriş masalasi

Matn5-iyun, 2023, 21:561 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzBöka tumani IIBning 2 xodimi hibsga olindi, tuman IIB boşliği va bir qator rahbarlar lavozimidan ozod etildi.

Davletovuz yozmoqda:

“Içki işlar tizimi isloh qilinişi kerak. Yetti yildan beri takrorlanadi. Yuqoridagi va boşqa holatlar içki işlar organlariga kirib qolgan "bir-ikkita noinsof" xodim emas, balki tizimli muammo, muammo bölsa hamki, bunga kosmetik islohotlar bilan emas, qatʼiy va tizimli asosda çora körilişi lozim.

Içki işlar organlarining insoniy yuzi paydo bölişi kerak. Buning uçun tizim boşqaruvini tölaqonli yangilaş, tizim şaffofligini taʼminlaş va samarali jamoatçilik nazoratini örnatişning vaqti keldi. Yöqsa, IIV boşqaruvidagi uquvsizlik va xohişsizlik davlatga, siyosatga doğ bölib, özini doimo eslatib turaveradi”.

Post tugadi.

P/S: asosiy vazifasi fuqarolarni himoya qiliş bölgan içki işlar organlari insonlarning ölimiga sabab bölayotgani açinarli, albatta. Bunaqa holatlarda faqat quyi böğindagi ijroçilargina jazolanib, yuqori doiralar har safar suvdan quruq çiqaversa, tizim heç qaçon yaxşilanmaydi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek