Taʼlimga oid korrupsiya holatlari
Taʼlimga oid korrupsiya holatlari
• Namangan davlat universiteti öqituvçisi tanişlari orqali bir fuqaroning qarindoşini Qirğizistondagi oliy öquv yurtiga öqişga kiritib, söngra Özbekistondagi oliy taʼlim muassasasiga köçirib beriş evaziga 4 ming AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
• Pastdarğom tumanidagi maktabning ingliz tili öqituvçisi tanişlari yordamida Tayloq tumanida yaşovçi fuqaroni xorijiy OTM talabasi ekanligi töğrisida soxta hujjat tayyorlab, Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2-bosqiçiga öqişga kiritib qöyiş evaziga 6 ming AQŞ dollari hamda uning qarindoşiga ingliz tili böyiça milliy sertifikat olib beriş uçun 1 ming 200 AQŞ dollari, jami 7 ming 200 dollar olgan vaqtida uşlangan.
• Guliston şahrida yaşovçi, 1997 yilda tuğilgan şaxs Yangiyer şahrida istiqomat qiluvçi fuqaroni Guliston davlat universitetining sirtqi bölimiga öqişga kiritib qöyiş evaziga 6 ming AQŞ dollari talab qilib, oldindan 5 ming 100 dollar olgan vaqtida uşlangan.
Tezkor suriştiruv harakatlari davomida, u mazkur pul mablağining 4 ming 600 dollarini viloyat Pedagoglarni yangi metodikalarga örgatiş milliy markazi öqituvçisiga berişi kerakligi maʼlum bölib, uşbu şaxs ham 200 dollari olgan vaqtida uşlandi.
🤦🏻♂️ Haligaça falon ming dollar evaziga öqişga kiradiganlar qoldimi-yey? Öqiyman desa şunça imkoniyat, bilim olaman desa şunça şaroit, talaba bölaman desa şunça xususiy universitetlar bor paytda yana pora evaziga öqişga kirmoqçi böladiganlarning miyasi qurtlagan.
👉 @xushnudbek 👈


