Tarixiy voqea: Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston temir yöli qurilişi boşlandi
🚞 Tarixiy voqea: Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston temir yöli qurilişi boşlandi
Bugun, 27-dekabr kuni Qirğizistonning Jalolobod viloyatida Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston temir yöli qurilişiga start berildi. Marosimda Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov, Özbekiston boş vazirining örinbosari Jamşid Xöjayev, Xitoyning Taraqqiyot va islohotlar qömitasi raisi Çjen Şansze rahbarligidagi delegatsiyalar iştirok etdi.
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda XXR Raisi Si Szinpin tadbir iştirokçilariga murojaat yölladi.
Davlatimiz rahbarining murojaatida aytilişiça, uşbu yöl orqali yiliga 15 million tonna yuk taşiladi.
Kelgusida uşbu temir yöl liniyasi Transafğon yölagi bilan tutaşib, Xitoy, Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo örtasidagi transport-kommunikatsiya tarmoqlarini samarali birlaştiriş va kuçaytirişga imkon yaratadi.
Koşğar – Torugart – Makmal – Jalolobod – Andijon yönalişi böyiça 20 ta stansiya, 42 ta köprik, 25 ta tonnel barpo etiladi. Bundan taşqari, zamonaviy tranzit-logistika infratuzilmasi, omborxona va terminallar quriladi.
Bundan, heç şubhasiz, barça mamlakatlar iqtisodiy foyda köradi. Yuzlab yangi korxonalar va ön minglab iş örinlari yaratiladi.
👉 @xushnudbek 👈


