Taşabbusli budjet doirasidagi qurilişlar ustidan jamoatçilik nazorati örnatiladi
⚡️ Taşabbusli budjet doirasidagi qurilişlar ustidan jamoatçilik nazorati örnatiladi
Prezident “Quriliş loyihalarini amalga oşirişda nazorat mexanizmlarini takomillaştiriş, oçiqlik va şaffoflikni yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.
Qarorga köra, investitsiya dasturlari
va taşabbusli byudjetlaştiriş asosida moliyalaştiriladigan quriliş loyihalarini amalga oşirişning yangi tartibi belgilanmoqda.
❗️Bunda:
➖ obyektlarning loyiha-qidiruv va quriliş-pudrat taşkilotlari “Şaffof quriliş” axborot tizimida inson omilisiz aniqlanadi;
➖ 2023-yil 1-martga qadar quriliş obyektlarida jamoatçilik nazoratini amalga oşiriş hamda kamçiliklar va qonun buzilişi holatlarini aks ettiruvçi foto va video materiallarni yuklaş imkonini beruvçi “Şaffof quriliş” axborot tizimining mobil ilovasi yaratiladi;
➖ buyurtmaçi bilan loyihaçi va pudratçilar örtasidagi şartnomalar faqat elektron raqamli imzo orqali tuziladi;
➖ obyektlar yuzasidan hokim yordamçisi, mahalla faollari va yoşlar yetakçilari, ommaviy axborot vositalari va boşqa jamoat taşkilotlari jamoatçilik nazoratini örnatadi.
👉 @xushnudbek 👈

