Tushuntirish

«Taşabbusli byudjet»da 1 500 ovoz olsa ğolib böladimi?

Matn2-sentabr, 2023, 15:501 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

"Taşabbusli byudjet"da 1 500 ovoz olsa ğolib böladimi?

JAVOB: Yöq, ğolib bölmaydi. Bunday qoida hali birorta normativ-huquqiy hujjatda yöq. Yaʼni heç qanaqa qonun, farmon yoki qarorda bu qoida rasman aks etmagan. Faqat prezidentlik saylovlari tarğiboti çoğida taklif sifatida aytilgan. Ammo bu qaysi mavsumdan amalga oşişi hali rasman tadsiqlanmadi.

Bugungi kunda amalda bölgan qonunçilik böyiça "Taşabbusli byudjet"da ğolib böliş uçun tuman/şahar uçun ajratilgan byudjet mablağlari yetadigan örinlardan birini egallaş kerak. Yaʼni aytaylik biror tumanda 10 mlrd söm mablağ ajratilgan bölsa, öşa tumanda mana şu 10 mlrd söm mablağ yetadigan miqdordagi loyihalardan biri böliş kerak (7-8 ta atrofida).

Mana şundagina rasman ğolib, deb hisoblanasiz.

Lekin töğri, "Taşabbusli byudjet"ga start berilgandan buyon har mavsumda mağlub bölgan, ammo 2 mingdan oşiq ovoz olgan taşabbuslarga ham istisno tariqasida mablağ ajratilişi belgilanmoqda. Bu öziga xos anʼanaga ham aylanib qoldi. Yaʼni hali biror marta 2 mingdan oşiq ovoz olgan birorta taşabbus mağlub bölmadi. Ammo bu ham biror hujjatda rasman belgilanmagan.

Şu sababli 1500 yoki 2000 ovozga işonib qolmaslik kerak. Istisnolar har doim ham davom etmasligi mumkin. Bunga heç kim kafolat bera olmaydi. Toki rasman qoida sifatida qayd etilmagunça, ğoliblik uçun kuraşişdan töxtab qolmang. Istisno bölsa, xöp-xöp, lekin bölmay qolsa, afsuslanasiz.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek