Muhim

Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uçun 2026-yilgi ötiş bali eʼlon qilindi

Foto16-avgust, 2026, 18:502 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uçun 2026-yilgi ötiş bali eʼlon qilindi. Ballar kötarilgan
#abituriyent

UzBMBning mandat.uzbmb.uz saytida imtiyozli toifadagi abituriyentlar uçun ötiş ballari eʼlon qilindi. Joriy yilda tavsiyanoma olgan ehtiyojmand xotin-qizlar uçun ötiş ballari ötgan yilgiga qaraganda oşganini köriş mumkin.

Ötgan yilgi bilan farqni oson aniqlaş uçun jadvalda alohida qatorda körsatdim.

Eng katta farq Sirdaryo viloyatida texnika sohasi uçun bölgan — 49,2 ball oşgan. 2025-yilda Sirdayo viloyati teskari rekord qöygan edi, yaʼni tibbiyot sohasi uçun ötiş bali naq 80,1 ball tuşgan edi. Bu safar esa, aksinça, Sirdaryoda texnika fanlari uçun ötiş bali 49,2 ballga kötarilgan.

Keyingi örinlarda quyidagi hududlar uçun ötiş ballari keskin oşgan:

🔺Toşkent (tibbiyot) — 44,5 ball;
🔺Samarqand (texnika) — 34,1 ball;
🔺Namangan (texnika) — 32 ball;
🔺 Surxondaryo (texnika) — 31,1 ball;
🔺Navoiy (tibbiyot) — 28,1 ball.

Öz navbatida ayrim hududlarda ötiş ballari tuşgan ham. Eng katta ball tuşişi Jizzax viloyatida tibbiyot sohasida qayd etilgan — 31,1 ball tuşgan. Ötgan yili Jizzaxda tibbiyot sohasi uçun ötiş bali 119,1 ball edi, joriy yilda 88 balldan yuqori töplagan 63 nafar jizzaxlik qiz tibbiyotga grantga kirgan.

Keyingi örinlarda quyidagi hududlar uçun ötiş ballari keskin tuşgan:

🔻 Toşkent (texnika) — 29,8 ball;
🔻 Toşkent viloyati (tibbiyot) — 27,1 ball;
🔻 Qoraqalpoğiston (tibbiyot) — 26,6 ball.

❓Nima uçun tavsiyanomasi bor xotin-qizlarga ball qöşilmadi?

✅ JAVOB: hamma imtiyozlar hisoblangan, agar siz öqişga kira olmagan bölsangiz, demak töplagan balingiz yetmagan.

‼️Birinçidan, bu imtiyoz (tavsiyanoma) heç qanaqa ball qöşib bermaydi‼️

Köpçilik 4% ball qöşilişi kerak edi, nega şu qöşilmayapti, deb xato tuşungan. Kutib ötirmang, sizga heç qanaqa ball qöşilmaydi.

Ikkinçidan, xotin-qizlar tavsiyanomasi bor abituriyentlar 100% öqişga kiradi, degani emas. Buning uçun yetarli ball ham oliş kerak edi. Batafsil mana bu yerda tuşuntirilgan (https://t.me/xushnudbek/24864).

Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uçun 2026-yilgi ötiş bali yuqoridagi suratda körsatilgan. Mana şu balldan kam olganlarga imtiyoz qöllanmagan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 1 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek