Jahongir Uluğmurodovga çiqarilgan 3 yillik qamoq jazosi apellyatsiya sudida özgarişsiz qoldirildi
Keça Toşkent viloyat sudida 10 kişilik Telegram guruhga taqiqlangan özbek tilidagi naşidni yuborgani uçun 3 yilga ozodlikdan mahrum qilingan (xalq tilida qamoq) 21 yoşli Jahongir Uluğmurodovga çiqarilgan hukm ustidan apellyatsiya instansiyasi yakunlandi.
Apellyatsiya hayʼati dastlabki hukmni özgarişsiz qoldirdi, Jahongirning advokatlari bergan eʼtirozni rad etdi.
Bu böyiça öz fikrimni avvalroq aytib bölganman. Şunga öxşaş işlarga oid ayrim lavhalar.
1-video: Jizzaxda Telegramdagi 58 kişilik kanalda bir neça marta taqiqlangan diniy materiallarni yuborgan yigitga 3 yil ozodlikni çeklaş (xalq tilida uy qamoği) jazosi tayinlandi. Sudya nima uçun bunaqa jazo berganini videoda tuşuntirgan;
2-video: Qöqonda xuddi şunaqa taqiqlangan materiallarni tarqatişda ayblangan yigitga ham ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan. Sudya videoda nima uçun bunaqa jazo qöllaganini tuşuntirgan.
Eslatma: sal avvalroq 21 yoşli talaba Sardor Rahmonqulov taqiqlangan naşid yuborgani uçun dastlab 5 yilga qamalgandi, keyin apellyatsiya sudida ozodlikka çiqarilib, 2 yillik sinov muddati bilan şartli hukm tayinlangandi.
👉 @xushnudbek 👈


