Kasbiy taʼlim agentligi taşkil etildi
❗️Kasbiy taʼlim agentligi taşkil etildi
Bu böyiça Prezident farmoni (PF-190-son, 23.10.2025-y) va qarori (PQ-316-son, 23.10.2025-y) qabul qilindi.
Unga köra, agentlik texnikumlar faoliyatini muvofiqlaştiriş va kasbiy taʼlim sohasini boşqarişga masʼul etib belgilandi.
Şuningdek, qaror bilan:
➖ 2026/2027-öquv yilidan boşlab dual taʼlim şaklida tahsil olayotgan öquvçilarga maxsus platforma orqali stipendiya tölaş yölga qöyiladi. Har oylik stipendiya BHMning bir baravari (412 ming söm) miqdorida tölanadi.
➖ Texnikumlar Taʼlim sifatini taʼminlaş milliy agentligi tomonidan yuritiladigan milliy reyting natijalari asosida rağbatlantiriladi. Milliy reyting 2026-yildan boşlab har öquv yili yakuni böyiça yuritiladi hamda unda eng yuqori örinni egallagan 50 ta texnikumning har biri BHMning 3 ming baravari (1 mlrd 236 mln söm) miqdorida rağbatlantiriladi.
➖ 2026-yildan boşlab har yili texnikumlar öquvçilari örtasida Prezident sovrini uçun “Kasbiy mahorat milliy tanlovi” ötkaziladi.
➖ Bundan taşqari, 2030-yilga qadar texnikumlar faoliyatini tugatiş, ularga tegişli yer uçastkalari, bino va inşootlar hamda boşqa köçmas mulk obyektlarini xususiylaştirişga moratoriy joriy etildi.
Agentlik markaziy apparati quyidagi uçta vazirlik xodimlari hisobidan şakllantiriladi:
🔹 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidan — 30 ta ştat birligi;
🔹 Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi tizimidan — 25 ta ştat birligi;
🔹 Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi huzuridagi Kasbiy könikmalar markazidan — 15 ta ştat birligi.
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars



